Qirg'izistonda 17 yanvar motam kuni deb e’lon qilindi

Qirg’iziston Prezidenti Almazbek Atambayev ertaga 17 yanvar kunini Qirg’izistonda milliy motam kuni deb e’lon qildi.

652571
Qirg'izistonda 17 yanvar motam kuni deb e’lon qilindi

Qirg'izistonda 17 yanvar motam kuni deb e’lon qilindi.

Qirg’iziston Prezidenti Almazbek Atambayev ertaga 17 yanvar kunini Qirg’izistonda milliy motam kuni deb e’lon qildi.

 Bu haqda Qirg'iziston prezidentlik matbuot xizmati ma’lum qiladi.  

Turkish Airlines aviakompaniyasining Gonkong-Bishkek reysini amalga oshirayotgan “Boeing 747” yuk samolyoti bugun 16 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 07:30 atrofida Bishkek yaqinlaridagi “Dacha Suu” qishlog’iga qulab tushgan.

Oxirgi ma’lumotlarga ko’ra, aviahalokat oqibatida 37 kishi halok bo’lgan. Bularning aksariyati qishloqda yashovchi mahalliy qirg’izlarni tashkil qiladi.

Ta’kidlanicha, vayronalar tagidan samolyotning qora qutilaridan biri topilgan.

Ertaga xorijlik ekspertlardan tashkil topgan komissiya samolyotning qora qutisi ustida tekshiruv o’tkazishi kutilmoqda.

 



Aloqador xabarlar