Ona diyor durdonalari 1-qism

Buhoro. Bu shaharning o`tmishi 2500 yil avvalgi tarixga taqaladi. Yani 25 asr. Bu vaqt ichida bu ona diyor durdonasi qanday davrlarni ko`rmadi... ma`lumki har tarixning har bir asri, turli xil sulolalar saltanati hukmronlik qilgan davr. Tarixning obidalar

650909
Ona diyor durdonalari 1-qism

Ko`kaldosh Madrasasi

Buhoro.
Bu shaharning o`tmishi 2500 yil avvalgi tarixga taqaladi. Yani 25 asr. Bu vaqt ichida bu ona diyor durdonasi qanday davrlarni ko`rmadi... ma`lumki har tarixning har bir asri, turli xil sulolalar saltanati hukmronlik qilgan davr. Tarixning obidalariga qarab o`tmishni ko`z oldimizga keltirishimiz mumkin. 

Assalomu alaykum, Ota Makon, Ona diyor O`zbekistonning tarixiy shahriga sayoxat etamiz.

Buhoro - Ko`kaldosh Madrasasi.  Bu shaharni bilgan kishi albatta Labi Hovuzni eslamay o`tmaydi. Labi Hovuz - Hovuz Bo`yi manosini bildiradi. Ko`kaldosh, Buxoro shahridagi Labihovuz ansambliga kiruvchi arxitektura yodgorliklaridan biri, Labi hovuz esa, atrofi tarixiy shahar bilan o`ralib , hovuz atrofidagi daraxtlar ham ancha yoshda va olis tarihlarni guvohi. Shaybonixonlar avlodidan bo`lmish Abdullaxon 2chi hukmronlik davrida, bu yernig shakllanishiga asos solingan.  Labi hovuz oldidagi Ko`kaldosh madrasasi ham Abdullaxon 2chi davrida qurilgan. U 1001ta memoriy obida bunyot ettirgan. Ulardan biri Ko`kaldosh madrasasi.

Ko`kaldosh madrasasi Buhoroda eng katta madrasa bo`lib, 1568 - 1569 yillarda qurilgan, umumiy maydoni 60x80m. Ichki hovli esa 42x37m. 2 qavatli baland yani hozirgi 4 qavatli bino balandligida bo`lib, yirik darbozalidir. Darbozadan kirsangiz o`ng va chap tarfga yo`l bor.  Yirik xonalar, darshona, kutubxona, masjid sifatida foydalanilgan. Boshqa obidalarda uchratish mumkin bo`lganidek har bir hujra eshik tepasida shamol almashinishi va nur tushishi uchun tuynuk mavjuddir. Ko`kaldosh madrasada 160ta hujra mavjud. Ilm fan o`chog`i bo`lmish Buhoroda bu madrasa nima sabadan qurilgani ayon.

Qulbobo Ko‘kaldosh Amir Abdullaxon Shayboniy bilan birga sut emishganligi uchun "Ko`kaldosh" nomini olgan. Ko`kaldosh so`zi mug`ul tilidan ko`krakdosh, emikdosh, bir onadan sut ichgan ma`nosini bildiradi. O`tmishda davlat rahbarlari bilan ko`krakdosh bo`lgan insonlar hurmatga loyiq topilib, vazir, asosiy amaldor sifatida e`tirof etilgan. Buhoro xonligida ko`kaldosh keyinchalik lavozimga aylanib ketgan. Bu lavozimdagi shaxs mamlakatning ichki havfsizligiga javobgar bo`lgan. Qulbobo Abdullaxon 2.ning ko`kaldoshi bo`lgan va tabiiki davlat ishlarida ancha faol ishtirok etgan. Bu madrasaga sharqning ko`plab mamlaktlaridan tahsil olishning kuchayganligi va 16. asrda ta`lim maskani sifatida ham yuqori choqqilarda bo`lganini bilish mumkin.

O`zbekiston poytaxti Toshkentda ham meʼmoriy yodgorlikshahar markazining Chorsu maydonida joylashgan Ko`kaldosh madrasasi mavjud.  Manba`larda Toshkenttagi madrasa Qulbobo Ko`kaldosh 1551-1575 yili qurilgan deb yozilgan, lekin boshqa manba`larda esa Toshkent hokimi Darveshxon tarafidan qurilgani aytib o`tilgan. Bu madrasa Darveshxon madrasasi deb ham aytilishi yozib o`tilgan.

Buhoro va Toshkent Ko`kaldosh madrasalari ko`rinish jihatidan bir biriga o`xshaydi lekin Toshkenttagi madrasa kichikroq. Buhorodagi madrasa 60x80m. maydonini eggallagan bo`lsa Toshkenttagi madrasa 62.7x44.9mmaydonni egallagan. Buhoro madrasasi ichki hovlisi 42x37m Toshkenttagi madrasa hovlining ichi 38x26.9m maydoni mavjud. Buhorodagi yirik madrasadan hisoblangan Ko`kaldosh hujralari 160ta bo`lib, Toshkenttagi Ko`kaldosh madrasada hujra soni 38ta.

Toshkenttagi Ko`kaldosh madrasasi avvaliga 3 qavatli bo`lgan. 18-asr boshlarida qarovsiz holga kelib qolgan va karvonsaroy ombori sifatida foydalanilgan. 1886 va 1946 yillardagi zilzilalar oqibatida vayron boʻlgan. 3nchi qavat to`kilib qulab tushgan. Bir necha bor taʼmirlanishi natijasida madrasaning tashqi koʻrinishi oʻzgarib ketgan. 1998 yili qayta tiklangan. Toshkent Koʻkaldosh madrasasi hujralaridan birida Furqat (1889—1891) va Hamza (1910—1911) istiqomat qilgan, shoir Hislat va boshqalar ham tahsil olgan.

Buhorodagi Ko`kaldosh madrasasida yozuvchi  Sadriddin Ayni 1899-1900 yilda tahsil olgan va yashagan. Bu madrasada hozirda uning uy muzeyi tashkil etilgan. Sadriddin Aynining "Esdaliklar" asarida yozilishicha bu madrasada 10 yoshdan 40 yoshgacha toliblar tahsil olgani va oqish jarayoni 7 yildan 12 yilgacha davom etganligi, oqish 6oy davom qilgani qayd etilgan. Ko`kaldosh madrasasida tahsil olgan tolib qayerda bo`lmasin, bu madrasani bitirgan deb yozilgan sanat-guvohnomasi shunday vakolat berganki, ko`rganlar savodsiz deyishga hech qachon  jur`at qilmagan. Bundan biz Ko`kaldosh madrasasini o`ziga hos o`ringa va tarixga ega ekanini bilishimiz mumkin.

O`tgan asrdan mustaqillikka qadar omborhona sifatida bo`lgan, hozirda esa ta`mirlanib uzoq yaqindan kelgan mehmonlar, turistlar uchun xizmat qilmoqda.

 



Aloqador xabarlar