13-dekabr kuni Senat yalpi majlisi chaqiriladi
Senat “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi qonun va 2017-yilgi davlat byudjetini ko‘rib chiqadi.
628998

13-dekabr kuni Senat yalpi majlisi chaqiriladi
Senat “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi qonun va 2017-yilgi davlat byudjetini ko‘rib chiqadi.
O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining sakkizinchi yalpi majlisi 13-dekabr kuni chaqiriladi. Bu haqda parlament yuqori palatasi axborot xizmati xabar qildi.
Senatorlar O‘zbekistonning 2017-yilgi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi, shuningdek 2017-yilda aholi bandligini ta’minlash dasturi to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqadi.
Majlis kun tartibidan bir qator qonunlar, jumladan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi qonun o‘rin olgan.
Aloqador xabarlar

Ozarbayjonda muddatidan oldin prezidentlik saylovi o‘tkaziladi
Ozarbayjonda muddatidan oldin prezidentlik saylovi 2024 - yilning 7 - fevrali kuni o‘tkaziladi.