Bugun Qirg'izistonda referendum o’tkazildi
Qayd etilishicha, asosiy maqsad hokimiyat organlari o'rtasidagi o'zaro muvozanatni ta`minlash va mamlakatda parlament hokimiyatini mustahkamlashdan iborat.

Qirg'iziston Markaziy Saylov komissiyasi ma`lum qilishicha, Konstitutsiyaga o'zgartirish va qo’shimchalar kiritish bo'yicha referendum bo'lib o'tdi.
Bugun Asosiy qonunini o'zgartirish bo'yicha referendumdan tashqari mahalliy hokimiyat organlariga saylovlar bo'lib o'tdi.
Markaziy saylov komissiyasi ma`lumotiga ko'ra, ovoz berish jarayoni boshlanganidan 8 soat o’tgach, davomat 30%dan oshgan va bu referendum bo'lib o'tdi deb hisoblanishi uchun yetarli bo'ladi.
Bugun 2010 yildagi prezident Kurmanbek Bakiyev tuzumi ag'darilgach, qabul qilingan konstitutsiyani o'zgartirish bo'yicha umumxalq referendumi bo'lib o'tmoqda.
Qayd etilishicha, asosiy maqsad hokimiyat organlari o'rtasidagi o'zaro muvozanatni ta`minlash va mamlakatda parlament hokimiyatini mustahkamlashdan iborat.
Aloqador xabarlar

OQK, Tog‘li Qorabog‘ amaliyotida 2 ming 841 shahid berdi
Ozarbayjon Qurolli kuchlari Tog‘li Qorabog‘ amaliyotida 2 ming 841 shahid berdi.