ShHT missiyasi Prezident saylovi erkin va demokratik ruhda o‘tganini e’tirof etdi

Shanxay hamkorlik tashkiloti kuzatuvchilar missiyasi O‘zbekiston Prezidenti saylovi ochiq, erkin va demokratik ruhda o‘tganini e’tirof etdi. ShHT bosh kotibi Rashid Alimov 5-dekabr, dushanba kuni Toshkentda tashkillashtirilgan brifingda bu haqda ma’lum qi

623803
ShHT missiyasi Prezident saylovi erkin va demokratik ruhda o‘tganini e’tirof etdi

Shanxay hamkorlik tashkiloti kuzatuvchilar missiyasi O‘zbekiston Prezidenti saylovi ochiq, erkin va demokratik ruhda o‘tganini e’tirof etdi. ShHT bosh kotibi Rashid Alimov 5-dekabr, dushanba kuni Toshkentda tashkillashtirilgan brifingda bu haqda ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.uz”. 

“Bizning missiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi milliy saylov qonunchiligi talablari hamda O‘zbekiston Respublikasi tomonidan qabul qilingan xalqaro majburiyatga muvofiq kelganini ma’lum qiladi. Milliy qonunchilik me’yorlarining buzilishi, saylov qonuniyligini shubha ostida qoldiradigan holatlar qayd etilmadi. Missiya saylovning ochiq, erkin va demokratik ruhda o‘tganini e’tirof etadi”, — deya ta’kidladi Rashid Alimov.

Missiya prezidentlik saylovi O‘zbekistonda demokratik jarayonlarning kelgusida taraqqiy etishi uchun muhim qadam bo‘lganini bildirdi.

Missiya rahbari O‘zbekiston xalqini bo‘lib o‘tgan Prezident saylovi bilan qutlab, saylovda g‘olib chiquvchi davlat rahbariga mamlakat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘lida muvaffaqiyat, jamiyat hayotining barcha jabhalarida zafarlar yor bo‘lishini tiladi.

Rashid Alimov Markaziy saylov komissiyasi, TIV hamda O‘zbekistonning boshqa tashkilot va muassasalariga ShHT missiyasining erkin, ochiq faoliyat olib borishida yaratib berilgan sharoitlar uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.

 



Aloqador xabarlar