Qirg'iziston Prezidenti Almazbek Atambayev Shavkat Mirziyoyevni g‘alaba bilan tabrikladi

Almazbek Atambayev yangi saylangan Prezident Shavkat Mirziyoyevga mustahkam sog‘lik va davlat faoliyatida muvaffaqiyatlar, qardosh O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik va farovonlik tiladi.

624086
Qirg'iziston Prezidenti Almazbek Atambayev Shavkat Mirziyoyevni g‘alaba bilan tabrikladi

 

Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atambayev Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston Prezidenti lavozimiga saylangani bilan tabrikladi.

Bu haqda Qirg‘iziston Prezidentlik matbuot xizmati ma'lum qiladi.

Dushanba kuni yo‘llangan tabrik telegrammasida Almazbek Atambayev Shavkat Mirziyoyevning saylovda ishonchli g‘alabaga erishgani O‘zbekiston xalqining keng qo‘llab-quvvatlashi va ishonchidan dalolat berishini qayd etib o‘tdi.

"Aniq ishonamanki, O‘zbekiston Respublikasi sizning rahbarligingizda barqaror tarzda bosqichma-bosqich rivojlanishda davom etadi", —deya ta’kidlanadi telegrammada.

Almazbek Atambayev Shavkat Mirziyoyev saylanishi bilan o‘zbek-qirg‘iz munosabatlari yana ham rivojlanib, mamlakatlar o‘rtasidagi konstruktiv muloqot abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomaga asoslangan o‘zaro hamkorlik ruhida davom etishiga ishonch bildirdi.

Almazbek Atambayev yangi saylangan Prezident Shavkat Mirziyoyevga mustahkam sog‘lik va davlat faoliyatida muvaffaqiyatlar, qardosh O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik va farovonlik tiladi.



Aloqador xabarlar