Abdulla Oripov bugun, 8-noyabr kuni Toshkentda dafn etiladi

Marhum shoir Abdulla Oripovning tanasi kecha AQShdan Toshkentga olib kelindi.

606066
Abdulla Oripov bugun, 8-noyabr kuni Toshkentda dafn etiladi

O'zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov bugun, 8-noyabr kuni Toshkentda dafn etiladi.

Marhum shoir Abdulla Oripovning tanasi kecha AQShdan Toshkentga olib kelindi.

Do‘rmonda, buyuk ustoz Abdulla Oripov xonadonida ta’ziyalar qabul qilinmoqda.

Ta’ziyaga kelgan insonlarni ustozning tug‘ishgan akasi Abdurazzoq Oripov, singlisi Bibisora, rafiqasi hamda qizlari kutib olmoqda.

Ustozning qarindosh-urug‘lari, do‘stu-birodarlari motamda.

Ma’lum bo’lishicha, 7-noyabr, dushanba kuni kech soat 20:00 da AQShdan samolyot marhumni keltirdi.

Bugun, 8 noyabr kuni peshinda Chig‘atoy qabristoniga marhumning dafn etilishi aytilgan edi.

Eslatma: Abdulla Oripov 5-noyabr tonggi soatlarda Xyustondagi shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi.

6-noyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripovning vafoti munosabati bilan bergan bayonotida marhumning jasadini O‘zbekistonga olib kelishga va o‘z vatanida dafn qilishga qaror qilgan Abdulla Oripovning oila a`zolariga yordam berish uchun O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi elchixonasiga konsullik va boshqa masalalarni zudlik bilan hal qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘rish to‘g‘risida ko‘rsatma berilganini xabar qilgandi.

 

 



Aloqador xabarlar