A.Atambayev D. Medvedev bilan hamkorlikning muhim jihatlarini muhokama qildi

Eslatib o’tamiz Qirg’iziston poytaxti Bishkekda bo’lib o’tayotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi bugun o’z nihoyasiga yetadi.

602689
A.Atambayev D. Medvedev bilan hamkorlikning muhim jihatlarini muhokama qildi

Qirg’iz Respublikasining Prezidenti Almazbek Atambayev bugun 3-noyabr kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish maqsadida rasmiy safar bilan Qirg’izistonga tashrif buyurgan Rossiya Federatsiyasining Hukumat raisi Dmitriy Medvedev bilan uchrashdi. Bu haqida Qirg’iz Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Ma’lumotga ko’ra uchrashuvda Qirg’iziston bilan Rossiya o’rtasidagi har qanday sohalardagi hamkorlikning muhim jihatlari va bundan keyingi hamkorlikni rivojlantirishning amaliy masalalari muhokama qilingan.

Shuningdek Prezident Almazbek Atambayev Rossiya Hukumatining raisi Dmitriy Medvedevni tabriklab, rossiyalik delegatsiyaning Qirg’izistonga tashrif buyurishidan xursand ekanligini bildirgan.  

O’z navbatida Dmitriy Medvedev ham iliq kutib olgani uchun Prezident Almazbek Atambayevga minnatdorchilik bildirib Atambayevga, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning salomini yetkazgan.

 

 



Aloqador xabarlar