O’zbek shoirasi Halima Hudoyberdiyevaning she’rlari turk jurnalida chop etildi

O’zbekiston xalq shoirasi Halima Hudoyberdiyevaning she’rlari turk jurnalida chop etildi.

598937
O’zbek shoirasi Halima Hudoyberdiyevaning she’rlari turk jurnalida chop etildi

Bir oyda bir marotaba Yevroosiyo Yozuvchilar uyushmasi tomonidan chop etiladigan “Kardesh Kalemler” jurnalining 2016-yil Sentabr oyidagi sonida o’zbek shoirasi Halima Hudoyberdiyevaning she’rlari kitobxonlar e’tiboriga havola etildi.

Halima Hudoyberdiyeva 1947-yilning 17-mayi kuni O’zbekistonning Sirdaryo viloyatiga qarashli Boyovut tumanida tug’ilgan.

Shoiraning, “Ilk muhabbat” (1968), “Oq olmalar” (1973), “Chaman” (1974), “Suyanch tog’larim” (1976), “Bobo quyosh” (1977), “Issiq qor” (1979), “Sadoqat” (1983), “Muqaddas ayol” (1987), “Yuragimning og’riq nuqtalari” (1991), “Hurlik o’ti” (1993), “Bu kunlarga yetganlar bor” (1994),“To'marisning aytgani” (1996), “Yo’ldaman” (2005) kitoblari va tanlangan she’rlar to’plamini o’z ichiga olgan kitobi yoruq ko’rgan.

Halima Hudoyberdiyevaga 1990-yili “Muqaddas ayol” to’plami uchun Hamza nomidagi Davlat mukofoti, 1992-yili esa “O’zbekiston xalq shoirasi” unvoni berildi.



Aloqador xabarlar