O’zbekiston aholisi soni 32 millionga yetdi

O'zbekiston, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligiga a’zo davlatlar orasida eng yosh va aholi soni jadal ravishda ortgan mamlakat hisoblanadi.

597601
O’zbekiston aholisi soni 32 millionga yetdi

O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi tomonidan ma’lum qilinishicha O’zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 2016-yilning 1-yanvarida 31 million 576 ming kishini tashkil etar ekan 2016-yil 1-oktabrida bu holat 31 million 977,1 ming kishiga yetdi. Ushbu raqam yil boshiga nisbatan 401,8 ming kishiga yoki 1,3 foizga o’sganligini ko’rsatadi. Jumladan 1-oktabrdan e’tibran shahar aholisi soni 16 million 181,4 ming kishini (jami aholi soniga nisbatan 50,6 %), qishloq aholisi soni 15 million 795,7 ming kishini (jami aholi soniga nisbatan 49,4 %) tashkil etdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra O’zbekistonda, 2016-yilning ilk 9 oyi mobaynida 532 ming 400 bola tug’ilar ekan ayni davrda 108 ming 900 kishining o’limdan o’tganligi qayd etilgan. Undan tashqari 9 oy mobaynida O’zbekistonga ko’chib kelganlar soni 106 ming 500 kishini tashkil etadi. Shuningdek 2016-yilning yanvar-sentabr davrida O’zbekistondan 128 ming 2 kishi boshqa davlatlarga ko’chib ketgan.

FHDYO (Fuqarolik holati dalolatnomalari yozish organlari) tomonidan ma’lum qilinishicha 2016-yilning yanvar-sentabr oylarida 176,1 mingta nikoh va 22,2 mingta nikohdan ajralishlar qayd etilgan.

Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligiga a’zo davlatlar orasida eng yosh va aholi soni jadal ravishda ortgan O’zbekiston fuqarolarining qariyb 45 foizini 18 yoshidan kichiklar, 60 foizini esa mehnatga qobiliyatli aholi tashkil etadi.

O’zbekiston aholi soni 2015-yili 1.8 foizga ortgan edi.



Aloqador xabarlar