Yevroosiyodan dolzarb mavzular 145-qism

Bugungi dasturimizda 2016-yilning sentabr oyida Ozarbayjon va Turkmaniston Respublikalarida mamlakat konstitutsiyasiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish bo’yicha o’tkazilgan referendum haqida so’z qilamiz.

587213
Yevroosiyodan dolzarb mavzular 145-qism
Azerbaycan seçim

Aziz dasturimiz muxlislari, Turkmaniston poytaxti Ashxobodagi "Ruhiyat" saroyida 14-sentabr kuni bo’lib o’tgan Oqsoqollar kengashi majlisida mamlakatning yangi konstitutsiyasi bir ovozdan qabul qilindi. Majlisda 600 kishidan iborat Oqsoqollar kengashi a’zosi, hukumat a’zolari, diplomatlar va deputatlar ishtirok etdilar. Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov majlisda so’zlagan nutqida ikki yillik muhokama ortidan konstitusiyaga kiritilgan yangilikning mamlakat xavfsizligi, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy rivojlanishining yangi bosqichiga o’tganidan dalolat berganligini shuningdek, yangi konstitutsiyaning xalqaro huquqning tan olingan normalari asosida xalqaro qonunchilik tajribasi inobatga olingan holda ishlab chiqilganligini qayd etdi. Gurbanguli Berdimuhammedov referendum ortidan yangi konstitusiyani tasdiqladi.

Tasdiqlangan konstitutsiyaga ko’ra Turkmaniston konstitutsiyasiga 28 ta yangi modda ilova etilar ekan 107 ta moddaga o’zgartirish kiritildi. Turkmanistonning doimiy betaraflik maqomining alohida modda sifatida konstitutsiyaga ilova etilishi Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlar bilan yana-da ko’proq hamkorlik qilishga, iqtisodiyotda mahsulot eksport qilgan mamlakatga aylanishini ta’minlaguvchi moddalar, yangi konstitutsiyaning o’zgachaligi sifatida e’tiborlarni o’ziga qaratmoqtadir.

Roppa-rosa 600 kishidan iborat Turkmaniston Oqsoqollar kengashi Turkmanistonda Prezidentlikdan keyingi eng muhim tashkilotlardan biri hisoblanadi. Kengashda mamlakatning har bir viloyati va poytaxt Ashxobod nomidan 100 kishilik vakil bor. Kengashda vakillik qilish yoshi 60 deb belgilangan. Shuningdek kamida 25 yillik mehnat tajribasiga ega bo’lishlik va albatta xalq tomonidan hurmatga sazovorlik sharti bor.

Yevroosiyo hududida konstitutsiyasiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish bo’yicha o’tkazilgan ikkinchi referendum Ozarbayjonda bo’lib o’tdi. Ozarbayjonda 2016-yilning 26-sentabrida bo’lib o’tgan va konstitutsiyani o’zgartirishga va unga qo’shimchalar kiritishga bag’ishlangan referendumda norasmiy natijalarga ko’ra saylovchilarning 86.6 foizi ijobiy ovoz bergan. Ozarbayjon Markaziy Saylov Komissiyasi ma’lumotiga ko’ra konstitutsiyaning 23 moddasiga o’zgartirish kiritish va konstitutsiyaga 6 modda ilova etish maqsadida o’tkazilgan referendumda mamlakat ro’yhatiga kiritilgan 5 million 260 ming saylovchidan 3 million 671 ming nafari ovoz berdi va referendumda saylovchilarning 69.7 foizi ishtirok etdi.

Referendum o’tkazish tashabbuskori Prezident Ilhom Aliyev bo’lib unda Ozarbayjon fuqarolariga prezident vakolatini 5 yildan 7 yilgacha uzaytirish va konstitutsiyadan “35 yoshdan kichik bo’lgan shaxs, mamlakat prezidenti etib saylanmaydi” degan maqomni olib tashlash ko’zda tutilgan. Shuningdek asosiy qonun prezidentga Milliy Majlisni tarqatish va mamlakat rahbarini saylash uchun muddatidan oldin saylovlarni e’lon qilish huquqini berish bo’yicha moddalar ilova etish so’ralgan. Referendumning natijalari 21-oktabr kuni e’lon qilinadi.

Aziz dasturimiz kuzatuvchilari, Markaziy Osiyo davlatlarida konstitutsiyasiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish oddiy holga aylandi. O’zbekistonda 1992-yilning 8-dekabri kuni qabul qilingan konstitutsiyaga 2003, 2007, 2008, 2011 va 2014-yillari turli o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi. Tojikistonda 1994, 1999, 2003 va 2016-yillari, Qozog’istonda esa 1995, 1998, 2007 va 2011-yillari konstitutsiyalar o’zgartirildi. Qirg’iziston 1994-2010-yillari o’z konstitutsiyasini 8 marotaba o’zgartirib, mintaqada, konstitutsiyasini eng ko’p o’zgartirgan davlat hisoblanadi. Qirg’iziston, shu yilning dekabr oyida takror konstitutsiyasiga o’zgartirish kiritishga tayyorlanmoqda.   

Mustaqil Turkmaniston Respublikasining birinchi konstitutsiyasi 1992-yilning 18-mayi kuni qabul qilingan edi. Ortidan 1995 va 2008-yillari konstitutsiyaga o’zgartirish kiritilgan. Ozarbayjon konstitutsiyasi 1995-yilning 12-noyabri kuni referendum orqali qabul qilingan bo’lib huddi ana shu yilning 27-noyabrida kuchga kirgan edi.

Konstitutsiyasiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish bo’yicha o’tkazilgan referendum Turkmanistonda tinch-totuv o’tishiga qaramay Ozarbayjondagi muxolifat va noqonuniy tashkilotlar “taklif qilingan o’zgartirishlar Prezident Ilhom Aliyev kuchini yana-da orttiradi” degan fikr bilan qarshi chiqdilar.

Markaziy Osiyo davlatlarida konstitutsiyasiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish bo’yicha tez-tez o’tkazilgan referendum, mustaqilliklarining 25-yilligini qarshi olgan Markaziy Osiyo Turk Respublikalarining o’zlariga maqul boshqaruv tuzimini haligacha izlashtirganidan dalolat bermoqda.



Aloqador xabarlar