Qozog’iston mamlakatga sayyohlarni jalb qilish uchun chora izlamoqda

Qozog’iston investitorlar va sayyohlarni mamlakatga jalb qilish uchun 2017 yildan e’tiboran 48 davlat bilan o’zaro viza tartibini bekor qilmoqchi.

588169

Qozog’iston Investitsiya va Taraqqiyot vaziri Jenis Kasimbek ma’lum qilishicha, kelgusi yilning yanvar oyida Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga (OECD) a’zo davlatlar bilan viza tartibi bekor qilinadi.

 “Natijada o’zaro viza tartibi bekor qilingan davlatlar soni 48 nafarga chiqariladi”,-deya ma’lum qiladi Jenis Kasimbek.

Turkiya, Rossiya, Italiya, Germaniya, AQSh va Angliya kabi davlatlardan kelgan sayyohlar soni ham tobora ortib borayotganiga e’tibor qaratgan Jenis Kasimbek, mamlakatdagi mehmonxonalar soni ham ohirgi 10 yil ichida 871 dan 2441 nafarga ko’payganini ma’lum qildi.

Uning aytishicha, kelgusi yil Qozog’iston mezbonligida bo’lib o’tadigan Astana EXPO-2017 Xalqaro yarmarkasi doirasida mamlakatga keladigan sayyohlar uchun turli sayohat kampaniyalari tashkil qilinadi.

Bu jihatdan muhim ahamiyat kasb etgan transport poydevorini yaxshilash faoliyatlari davom etmoqda.

Aloqador xabarlar