O'zbekiston Xalqaro mehnat tashkiloti masalasini muhokama qildi
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yettinchi yalpi majlisida senatorlar «Xalqaro mehnat tashkilotining birlashmalar erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish huquqini himoya qilish to'g'risidagi 87-sonli Konventsiyasini ratifikatsiya qili
Senat Xalqaro mehnat tashkilotining 87-sonli Konventsiyasini ratifikatsiya qilishni ma`qulladi
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yettinchi yalpi majlisida senatorlar «Xalqaro mehnat tashkilotining birlashmalar erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish huquqini himoya qilish to'g'risidagi 87-sonli Konventsiyasini ratifikatsiya qilish haqida»gi O'zbekiston Respublikasi qonunini ko'rib chiqdi. Bu haqda O'zA xabar berdi.
Konventsiya Xalqaro mehnat tashkilotining 1948 yilgi Bosh Konferentsiyasida qabul qilingan bo'lib, unda xodimlar va ish beruvchilarning tashkilotlar tuzish, shuningdek, bunday tashkilotlarga a`zo bo'lish huquqi nazarda tutilgan. Konventsiyada ushbu tashkilotlarning o'z ustavlari va ma`muriy reglamentlarini ishlab chiqish, o'z faoliyatini tashkil etish, harakat dasturini tasdiqlash hamda ro'yobga chiqarish huquqlari nazarda tutilmoqda. Birlashish huquqini cheklovchi yoki uning qonunchilik yo'li bilan amalga oshirilishiga to'sqinlik qiluvchi davlat organlari aralashuvidan holi bo'lish ko'zda tutilmoqda, xodimlar va ish beruvchilarning birlashish bo'yicha o'z huquqini erkin amalga oshirishini kafolatlovchi chora-tadbirlar hamda boshqa huquqlar qayd etilmoqda.
Senatorlarning fikricha, ushbu Konventsiyaning ratifikatsiya qilinishi har bir kishining o'zgalar bilan erkin uyushma tuzish huquqini, shu jumladan, kasaba uyushmalarini tuzish va o'z manfaatlarini himoya qilish uchun kasaba uyushmalariga a`zo bo'lish huquqini kafolatlovchi 1948 yilgi Butunjahon inson huquqlari deklaratsiyasida aks etgan inson huquqlarini himoya qilishning umume`tirof etilgan normalariga O'zbekiston sodiq ekanligining isboti bo'ladi, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, eng avvalo, Xalqaro mehnat tashkiloti bilan konstruktiv munosabatlarni rivojlantirishda muhim omil bo'ladi. Qonun senatorlar tomonidan ma`qullandi.
Aloqador xabarlar

Ozarbayjonda muddatidan oldin prezidentlik saylovi o‘tkaziladi
Ozarbayjonda muddatidan oldin prezidentlik saylovi 2024 - yilning 7 - fevrali kuni o‘tkaziladi.