O'zbekiston HMTning birlashish erkinligi to'g'risidagi Konventsiyasini qabul qiladi

O'zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari «Halqaro mehnat tashkilotining «Birlashish erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish huquqini himoya qilish to'g'risida»gi 87-sonli Konventsiyasini ratifikatsiya qilish to'g'risida

584950
O'zbekiston HMTning birlashish erkinligi to'g'risidagi Konventsiyasini qabul qiladi

O'zbekiston HMTning birlashish erkinligi to'g'risidagi Konventsiyasini qabul qiladi

O'zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari «Halqaro mehnat tashkilotining «Birlashish erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish huquqini himoya qilish to'g'risida»gi 87-sonli Konventsiyasini ratifikatsiya qilish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini qabul qilish bo'yicha tashabbus bilan chiqdi. Bu haqda Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi matbuot hizmati habar bergan.

Konventsiya 1948 yilda Halqaro mehnat tashkiloti (HMT) Bosh Konferentsiyasining 31-sessiyasida qabul qilingan va 1950 yilda kuchga kirgan. Mazkur hujjat 153 mamlakat tomonidan ratifikatsiya qilingan.

Konventsiyada hodimlar va ish beruvchilarning tashkilotlar tuzish, shuningdek, ushbu tashkilotlarga kirish huquqi, hodimlar va ish beruvchi tashkilotlarining o'z ustavlari va ma`muriy reglamentlarini ishlab chiqishi, davlat organlarining birlashish huquqini cheklovchi yoki uni qonuniy amalga oshirishga to'sqinlik qiluvchi aralashuvidan erkinlik, hodimlar va ish beruvchi tashkilotlarni tarqatib yuborishni yoki ma`muriy tartibda ular faoliyatini to'htatib qo'yishni ta`qiqlash, hodimlar va ish beruvchilarga birlashish huquqini erkin amalga oshirish ko'zda tutilgan.

O'zbekistonda fuqarolarning birlashish erkinligi kafolatlari Konstitutsiya hamda 20dan ziyod hujjatlarda, shu jumladan, «Kasaba uyushmalari, ular huquqlari va faoliyatining kafolatlari to'g'risida»gi Qonunda va Mehnat kodeksida mustahkamlab qo'yilgan.

Ayni paytda O'zbekistonda hodimlar manfaatlarini 14 tarmoq, 14 hududiy, 37 mingga yaqin boshlang'ich kasaba uyushma tashkilotlarini birlashtirgan va o'z saflarida 6 mln dan ortiq a`zoga ega bo'lgan Kasaba uyushmalari Federatsiyasi ifodalaydi. 2015 yil oktyabr' oyida O'zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Halqaro kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi (HKUK)ning assotsiatsiyalashgan a`zosi bo'ldi,

HMT 87-sonli Konventsiyasining ratifikatsiya qilinishi O'zbekistonning halqaro tashkilotlarga yanada integratsiyalashuvi hamda hodimlar va ish beruvchilar manfaatlari himoyasini halqaro standartlarga muvofiq ta`minlashni yanada takomillashtirishga hizmat qiladi.

 


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Xalqaro , #Mehnat , #Tashkiloti , #Qonun

Aloqador xabarlar