Pekinda ShHTga a`zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining majlisi bo'lib o'tdi

2016 yilning 20-23 sentyabr kunlari bo'lib o'tgan majlisda Astanada bo'lib o'tadigan ShHTga a`zo davlatlar rahbarlari kengashi hamda Bishkekda bo'lib o'tadigan ShHT Hukumat rahbarlari kengashi majlislariga tayyorgarlik ko'rish jarayoni muhokama qilindi.

576243
Pekinda ShHTga a`zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining majlisi bo'lib o'tdi

2016 yilning 20-23 sentyabr kunlari Pekin shahrida Shanhay Hamkorlik Tashkilotiga a`zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi.

Majlisda Astana shahrida bo'lib o'tadigan ShHTga a`zo davlatlar rahbarlari kengashi hamda Bishkek shahrida bo'lib o'tadigan ShHT Hukumat rahbarlari kengashi majlislariga tayyorgarlik ko'rish jarayoni muhokama qilindi.

2016 yilning 4 dekabr kuni O'zbekistonda bo'lib o'tadigan prezidentlik saylovlarida ShHT kuzatuvchilari missiyasi ishtirok etishi to'g'risida qaror qabul qilindi.

Qirg'iziston, Qozog'iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O'zbekiston vakillari ShHT doirasidagi ko'p qirrali hamkorlikni amaliy jihatdan rivojlantirishga yo'naltirilgan boshqa masalalarni ham ko'rib chiqdilar.

 


Tanlangan kalimalar: #ShHT , #O'zbekiston , #Pekin , #Astana , #majlis

Aloqador xabarlar