Yevroosiyodan dolzarb mavzular 141-qism

Bugungi dasturimizda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning vafoti va O’zbekistonning kelajagi haqida batafsil so’z qilamiz.

570638
Yevroosiyodan dolzarb mavzular 141-qism

Aziz dasturimiz muxlislari, O’zbekiston Respublikasining bu yilgi Mustaqillik bayrami avvalgi bayramlardek ko’tarinki ruhda o’tgani yo’q. Yurt boylab, O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25-yilligi tantanalari ma’lum soatlar bilan cheklab qoyildi. Chunki 27-avgust kuni insult tufayli Respublika Prezidenti kasalxonaga tushib qoldi. Oradan bir hafta o’tgach yani 2-sentabr kuni esa Prezidentning vafoti haqidagi sovuq xabar tarqadi va janozasi 3-sentabr kuni oila qabristonida, Samarqandda tuproqqa berildi.

Samarqand shahridagi mashhur Registon maydonida uyushtirilgan dafn marosimida Afg’aniston, Tojigiston va Turkmaniston Davlat rahbarlari; Belarusya, Gruziya, Qozog’iston, Qirg’iziston va Rossiya Bosh vazirlari; Ozarbayjon Majlis raisi; Armaniston Majlis raisi o’rinbosari; Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya va Ukraina Bosh vazir o’rinbosarlari; Birlashgan Arap Amirliklari, Yaponiya va Eron vazirlari ishtirok etdi. O’zbekistonning Birinchi Prezidentini oxirgi safarga Toshkent va Samarqand shahrida yuz minglab inson kuzatdi. Birlashgan Milatlar Tashkiloti Bosh kotibi, Amerika Qo’shma Shtatlari, Rossiya, Gruziya, Qozog’iston, Qirg’iziston va Turkiya Davlat rahbarlari eng birinchilardan bo’lib Karimov oilasi bilan o’zbek xalqiga chuqur ta’ziya izhor etdi. Hatto Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim, Islom Karimov vafoti munosabati bilan O’zbekistonning rasmiy ma’lumotidan oldin hamdardlik bildirdi. Shuningdek Islom Karimovning tung’ich qizi Gulnora Karimovaning dafn marosimida qatnashmaganligi ham e’tiborlardan qochgani yo’q.

Prezident Karimovning dafn marosimi Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev rahbarligidagi 22 kishilik hay’at tomonidan yuritildi. Karimovning vafoti munosabati bilan 3-sentabr kuni O’zbekistonda 3 kunlik motam kuni deb e’lon qilindi. Hozircha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev bajarmoqda. Prezidentlik saylovi esa 2016-yilning 4-dekabri kuni o’tkazilmoqchi.

Roppa-rosa 78 yoshida vafot etgan Islom Karimov 1989-yildan beri O’zbekistonni uzluksiz boshqardi. Muhandis-mexanik va iqtisodchi mutaxassisliklariga ega, Iqtisod fanlari nomzodi Karimov mehnat faoliyatini 1960-yili Toshkent qishloq xo’jalik mashinasozligi zavodida boshlagan. 1961-yildan 1966-yilgacha V.P.Chkalov nomidagi Toshkent Aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor bo’lib ishladi. 

1966-yili O’zbekiston SSR Davlat plan komitetiga ishga o’tib, bosh mutaxassislikdan respublika Davlat plan komiteti raisining birinchi o’rinbosarigacha bo’lgan yo’lni bosib o’tdi. 

1983-yili I.Karimov O’zbekiston SSR Moliya ministri, 1986-yili O’zbekiston SSR Ministrlar Soveti Raisining o’rinbosari, respublika Davlat plan komitetining raisi etib tayinlandi. 

1986-1989 yillar mobaynida Qashqadaryo viloyat partiya komitetining birinchi kotibi, 1989 yilning iyunidan boshlab O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi lavozimlarida ishladi. 

1990-yil 24-mart kuni O’zbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida I.Karimov O’zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi. 

1991-yil 31-avgust kuni I.Karimov tarixiy voqea – O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi. 

1991-yil 29-dekabrda muqobillik asosida o’tkazilgan umumxalq saylovida I.Karimov O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. 

1995-yil 26-martda bo’lib o’tgan umumxalq referendumi yakunlariga ko’ra, I.Karimovning prezidentlik vakolati 2000-yilga qadar uzaytirildi. 

2000-yil 9-yanvarda muqobillik asosida o’tgan saylov natijalariga ko’ra, Konstitutsiyaga kiritilgan o’zgarishlarga muvofiq, I.Karimov 7 yil muddatga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.

2007-yilning 23-dekabrida muqobillik asosida o’tgan saylov natijalariga   ko’ra, I. Karimov 7 yil muddatga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.

2015-yil 29-mart kuni muqobillik asosida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo’lib o’tdi. Uning natijalariga ko’ra Konstitutsiyaga kiritilgan o’zgarishlarga muvofiq Islom Karimov 5 yillik muddatga mamlakatning oily lavozimiga saylandi. 

U oilali, ikki nafar farzandi, besh nabirasi bor. Rafiqasi T.A.Karimova – mutaxassisligi iqtisodchi, iqtisod fanlari nomzodi, O’zbekiston Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot institutida katta ilmiy xodim bo’lib ishlagan, ayni paytda – pensiyada. 

Aziz dasturimiz kuzatuvchilari, Islom Karimovning vafoti bilan O’zbekistonda bir davr o’z nihoyasiga yetdi. O’zbekistonni chorak asr boshqargan Karimov, O’zbekistonning 25-yilligida hayot bilan xayrlashdi. Karimov boshqaruvidagi O’zbekiston hech qayoqqa og’may-netmay, o’z bilgan yo’lida shaxdam qadamlar ila ilgariladi. Yurt kelajagi va xalqning farovonligi uchun ham G’arb va Sharq davlatlari bilan munosabatlar o’rnatildi. Terror va diniy ekstremizmlarga qarshi kurash va uning oldini olish uchun chora ko’rildi, faoliyatlar olib borildi. Andijon voqeasi O’zbekiston tarixida “dahshatli voqea” deya qalamga olinishiga qaramay umumiy olib qaraganda Karimovning muvaffaqiyatli boshqaruvchi bo’lganligini va yurtini rivojlantirish uchun bor kuchini sarflaganligini ko'rish mumkin.  

Bugungacha ko’pchilik o’tirib, Karimovning o’rniga kimning kelishi va O’zbekistonning bundan buyon qanday yo’l chizishi haqida fikrlayotgandir. Bo’lib o’tgan voqealarga nazar tashlagudek bo’lsak unda O’zbekistonda saylovning muvaffaqiyatli ravishda o’tishini va o’zbek xalqi saylagan kishining yangi prezident saylanishini aytishimiz mumkin albatta. Ma’lum bo’lganidek O’zbekiston boshqaruvida Toshkent, Samarqand va Farg’ona muhim o’ringa egadir.

Farg’ona oxirgi yillarda pasif ko’rinsa-da Toshkent va Samarqand yangi prezidentning aniqlanishida hal qiluvchi rol o’ynaydi.

O’zbekistonning yangi Prezidentligi uchun nomzodlar orasida mavjud Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev bilan Bosh vazir o’rinbosari Rustam Azimov nomlari tilga olinmoqda.

O’zbekistonning yangi rahbari kim saylanishidan qat’iy nazar O’zbeksitonni muvaffaqiyatli ravishda boshqarishidan ishonchimiz komil. Chunki O’zbekistonning shakllangan davlat an’anasi va tashqi aralashuvlarga ruxsat bermaydigan kuchli tizimi bor. Undan tashqari O’zbekistonning barqarorligi mintaqa barqarorligi hisoblanadi. Yangi davrda O’zbekistonning Turk kengashi bosh bo’lish bilan birga TurkPa, TURKSOY kabi tashkilotlarda faol ish yuritajagini umid qilib qolamiz.

Aziz muxlislar, ushbu dasturni biz uchun Abdrasul Isakov bilan Guldana Murzakulova tayyorladi.



Aloqador xabarlar