O'zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tuproqqa berildi

Islom Karimovning janoza marosimida Turkiya nomidan Bosh vazir o’rinbosari Tug’rul Turkesh ishtirok etdi.

564613
O'zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tuproqqa berildi

Kecha 2016-yil 2-sentabrda Toshkent shahrida o’lamdan ko’z yumgan O’zbekiston Respublkasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov bugun, o’zi tug’ilib o’sgan shahrida, Samarqandda tuproqqa berildi.

Turkiya nomidan Bosh vazir o’rinbosari Tug’rul Turkesh ishtirok etgan janoza marosimida dunyoning ko’plab davlatidan diplomatlar va chet ellik davlat rahbarlari ishtirok etdi.  

O’zbekistonda, o’tgan shanba kuni insult kasalligi bilan davolanishga yotkizilgan Davlat rahbari Islom Karimovning o’lamdan kuz yumganligini kecha O’zbekiston Parlamenti va Hukumati tasdiqlagan edi.

O’zbekistonni 1989-yildan beri boshqarib kelgan va O’zbekiston Respublkasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov 2016-yil 2-sentabrda Toshkent shahrida, bosh miyada qayta tiklanmaydigan o’zgarishlarga va poliorgan yetishmovchiligiga olib kelgan miya qon aylanishining o’tkir buzilishi oqibatida o’lamdan ko’z yumdi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar