O'zbekiston Madaniyat va sport ishlari vaziri Turkiyaga tashrif buyurdi

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri Axmedov Baxodir Madjitovich 12-iyul kuni Turkiyaga tashrif buyurdi.

529200
O'zbekiston Madaniyat va sport ishlari vaziri Turkiyaga tashrif buyurdi

Axmedovning Turkiyaga tashrifining asosiy maqsadi YUNESKO Butunjahon madaniy merosi Qo'mitasining navbatdagi, 40-majlisida ishtirok etish. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha tashkilotining Jahon merosi qo'mitasi 40-yig'ilishi 10-iyul kuni Istanbulda boshlandi. Yig'ilish Istanbuldagi Lutfiy Kirdar nomidagi Kongress va madaniyat markazida o'tkazilmoqda.

Majlisda YUNESKO Butunjahon madaniy merosi ro'yxatiga kiritilgan madaniy asarlar va ularni muxofaza qilish borasida qator dolzarb masalalar ko'rib chiqiladi.

Bu borada O'zbekiston YUNESKOning faol hamkorlaridan biridir. Samarqand, Shahrisabz, Buxoro va Xiva kabi tarixiy-ma'daniy obyektlar YUNESKOning Butunjahon merosi ro'yhatidan o'rin olgan. Boysun ma'daniyati, Shoshmaqom, Katta ashula va Navro'z esa YUNESKOning Nomoddiy butunjahon merosi ro'yhatidan joy egallagan. Toshkent shahrida saqlanayotgan Usmon Qur'oni va Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida to'plangan qo'lyozmalar “Jahon xotirasi” ro'yxatiga kiritilgan. Shuningdek, yana 30 ob'ekt ushbu ro'yxatga kiritilish bosqichida turibdi.



Aloqador xabarlar