O`zbekiston Mehnat vaziri Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori bilan uchrashdi.
O`zbekiston Mehnat vaziri Aziz Abduhakimov boshchiligidagi delegatsiya Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori Gay Rayder bilan uchrashdi.

Shveytsariyaning jeneva shahrida tashkil etilgan 105- Xalqaro mehnat konferentsiyasi doirasida bo`lib o`tgan uchrashuvda Xalqaro mehnat tashkilotining etakchi departamentlari rahbarlari ham ishtirok etdi.
Bu xaqda, O'zbekiston Mehnat vazirligi axborot xizmati xabar qildi.
Uchrashuvda, Gay Rayder O`zbekiston o`zi tomonidan ratifikatsiya qilingan Xalqaro mehnat tashkiloti konventsiyalari doirasidagi majburiyatlarini bajarishda shaffof va tarafdor ekanligini, xalqaro mehnat standartlarini hayotga tatbiq qilishda sezilarli o`sishga erishganini qayd etdi.
Gay Rayder, tashkilot mehnat sohasida asosiy tamoyillarni amalga oshirish hamda bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bo`yicha faoliyatning yangi yo`nalishlarini shakllantirish, ularni amaliyotga joriy etish bilan bog`liq vazifalarni bajarishda O`zbekistonni qo`llab-quvvatlashda davom etishini ta`kidladi.
Uchrashuvda, tomonlar o'rtasidagi xamkorlikga oid boshqa masalalar xam muxokama qilindi.