Toshkentda ShHTga a'zo davlatlarning tashqi ishlar vazirlari to'plandi

Yig'ilishda vazirlar tomonidan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi yig'ilishining kun tartibi loyihasi, sammitda imzolanishi rejalashtirilayotgan hujjatlar ko'rib chiqiladi.

496699
Toshkentda ShHTga a'zo davlatlarning tashqi ishlar vazirlari to'plandi

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo bo'lgan davlatlarning Tashqi ishlar vazirlari Toshkent shahrida 24 may kuni bo'lib o'tishi belgilangan majlisni boshladi.

Ushbu yig'ilishda O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Qozog'iston Tashqi ishlar vaziri Еrlan Idrisov, Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I, Qirg'iziston Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdillaev, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Aslov, ShHT bosh kotibi Rashid Alimov hamda ShHTning Hududiy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo'mitasi direktori Еvgeniy Sisoev ishtirok etmoqda.

Yig'ilishda vazirlar tomonidan 23-24 iyun kunlari Toshkent shahri mezbonlik qiladigan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi yig'ilishining kun tartibi loyihasi, sammitda imzolanishi rejalashtirilayotgan hujjatlar ko'rib chiqiladi.

Tashkilot doirasini kengaytirishda ShHT faoliyatini yanada takomillashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratish mo'ljallanmoqda. Tashqi ishlar vazirlari yig'ilishida Hindiston va Pokistonni ShHTga a'zolikka qabul qilish bo'yicha ushbu davlatlarning vakolatli vakillari bilan olib borilayotgan muzokara jarayoni ko'rib chiqiladi.

Majlisda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, ShHTning boshqa xalqaro tuzilmalar bilan aloqalarini kengaytirish, ShHTning kuzatuvchi davlatlari va muloqot bo'yicha sheriklarini tashkilot doirasida amaliy hamkorlikka keng jalb etish masalalari muhokama qilinadi.

Vazirlar ShHTning 15 yilligi munosabati bilan rasmiy Toshkent tayyorlagan deklaratsiya loyihasi, ShHTni 2025 yilgacha rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish bo'yicha loyihalarni ko'rib chiqishadi.

Tashqi ishlar vazirlari yig'ilishida tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash sohasida Shanxay hamkorlik tashkiloti oldida turgan vazifalar, ShHTga a'zo davlatlarning barqaror rivojlanishini ta'minlash, terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo'yicha qo'shma chora-tadbirlarni qabul qilish, madaniy va iqtisodiy sohalarda o'zaro hamkorlikni kengaytirishga oid masalalar muhokama etilishi kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Toshkent , #ShHT , #O'zbekiston , #Markaziy Osiyo

Aloqador xabarlar