Karimov Ikkinchi jahon urushida xalok bo'lgan o`zbekistonliklar xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
O`zbekiston Prezidenti Islom Karimov Toshkentda Xotira va qadrlash kuniga bag`ishlab o`tkazilgan tantanali tadbirda ishtirok etdi.
Islom Karimov Ikkinchi jahon urushida xalok bo'lgan o`zbekistonliklar xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
O`zbekiston Prezidenti Islom Karimov Toshkentda Xotira va qadrlash kuniga bag`ishlab o`tkazilgan tantanali tadbirda ishtirok etdi.
Poytaxtdagi Xotira maydoniga urush va mehnat faxriylari, senatorlar va deputatlar, hukumat a`zolari, harbiylar, jamoatchilik vakillari tashrif buyurdi.
İslom Karimov harbiy orkestr sadolari ostida Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo'yib, Ikkinchi jahon urushida xalok bo'lgan o`zbekistonliklar xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
"Shu kunlarda yurtimizda, qishloq va shaharlarimizda, har bir oila va xonadonda kattayu kichik - barcha vatandoshlarimiz 9 may - Xotira va qadrlash kunini, Ulug' Vatan urushida fashizm ustidan qozonilgan g`alabaning 71 yilligini keng nishonlamoqda. Ana shu buyuk g`alabani qo`lga kiritishda mardlik va jasorat ko`rsatgan faxriylarimizni, front ortida fidokorona mehnat qilgan yurtdoshlarimizni tabriklash, ularga sihat-salomatlik, uzoq umr tilash men uchun katta sharafdir, dedi Islom Karimov ommaviy axborot vositalari vakillari bilan suhbatda.
Karimov, urush maydonlaridan qaytmagan, mana shunday musaffo osmon, tinch va osoyishta hayot uchun jon berib, qurbon bo`lgan yurtdoshlarimizning muqaddas xotirasi oldida bosh egib ta`zim qilish barcha uchun ham qarz, ham farz ekanligini aytar ekan, bu bayramni, O'zbekiston xalqining xam katta g`urur va iftixor bilan, xam ko`z yoshlari bilan kutib olishini tilga oldi.
İslom Karimov, o'z nutqida “Hech shubhasiz, inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg`usi bilan tirik va barhayotdir. O`tganlarning xotirasini esga olish, ularning xotirasi oldida hurmat bajo keltirish xalqimizga xos azaliy qadriyat bo`lib kelmoqda. Jang maydonlarida Vatan uchun, bugungi va ertangi avlodlarning yorug' kunlarga etishi uchun jon bergan, o'zini fido etgan insonlar xotirasini yodga olsak, bugun hayot bo`lgan faxriylarimizga qancha hurmat-ehtirom va e`tibor ko`rsatsak, hech qachon kam bo`lmaymiz", deya takidladi.
Shu kuni O'zbekistonning barcha shaxar va qishloqlarida Xotira va qadrlash kuniga bag`ishlangan tantanali tadbirlar bo'lib o'tdi.
Aloqador xabarlar
Rossiya bilan O‘zbekiston harbiy sohada strategik sheriklik dasturini imzoladi
Rossiya Mudofaa vaziri Andrey Belousov O‘zbekiston poytaxti Toshkentga rasmiy tashrif uyushtirdi.