Markaziy Osiyo, Fors ko`rfazi hamda Ummon dengizi portlari transport yo`lagi bitimi kuchga kirdi...
2016 yilning 23 aprel kuni xalqaro transport va tranzit yo`lagini yaratish to`g`risidagi Ashxobod Bitimi kuchga kirdi.
![Markaziy Osiyo, Fors ko`rfazi hamda Ummon dengizi portlari transport yo`lagi bitimi kuchga kirdi...](http://cdn.trt.net.tr/images/xlarge/rectangle/af09/92cb/d7f2/569facf10d35d.jpg?time=1737890849)
Markaziy Osiyo, Fors ko`rfazi hamda Ummon dengizi portlari transport yo`lagini yaratish bitimi kuchga kirdi.
2016 yilning 23 aprel kuni xalqaro transport va tranzit yo`lagini yaratish to`g`risidagi Ashxobod Bitimi kuchga kirdi.
Bu haqda O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Bu bitim 2011 yilning 25 aprelida Eron Islom Republikasi, Ummon Sultonligi, Turkmaniston, Qatar va O`zbekiston Respublikasi Hukumatlari o`rtasida xalqaro transport va tranzit yo`lagini yaratish to`g`risidagi Bitim - Ashxobod Bitimi imzolangan edi. 2013 yilda Qatar davlati loyihadan chiqish xaqida qaror qilgan edi.
Eron Islom Republikasi, Ummon Sultonligi, Turkmaniston va O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirlari 2014 yilning avgust oyida Maskat shahrida ushbu bitimning amalga oshirilishi bo`yicha Memorandum imzolangan bo'lsa, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 15 oktyabrdagi qarori bilan ushbu memorandumni tasdiqladi.
Tomonlar o'rtasida kuchga kirgan mazkur hujjat Markaziy Osiyo mamlakatlari va Fors ko`rfazi hamda Ummon dengizi portlari o`rasidagi tovarlarni uzluksiz tashishga va tranzit uchun ishonchli transport yo`lagini yaratishga yo`naltirilgan.
Mazkur bitim transport xarajatlarini optimallashtirish maqsadida yuklarni tashish tezligini oshirishga, shuningdek rasmiy hujjatlar va tartib qoidalarni osonlashtirish va uyg`unlashtirishga imkon beradi.
Aloqador xabarlar
![Rossiya bilan O‘zbekiston harbiy sohada strategik sheriklik dasturini imzoladi](http://cdn.trt.net.tr/images/medium/rectangle/5106/4cbc/13cf/6790d6a8a89a1.jpg?time=1737890850)
Rossiya bilan O‘zbekiston harbiy sohada strategik sheriklik dasturini imzoladi
Rossiya Mudofaa vaziri Andrey Belousov O‘zbekiston poytaxti Toshkentga rasmiy tashrif uyushtirdi.