Rus Lukoil kompaniyasi O`zbekistonda Qandim gazni qayta ishlash majmuasi qurilishini boshladi

Rossiyaning Lukoil kompaniyasi O`zbekistonda Qandim gazni qayta ishlash majmuasi qurilishini boshladi.​

476250
Rus Lukoil kompaniyasi O`zbekistonda Qandim gazni qayta ishlash majmuasi qurilishini boshladi

Rossiyaning Lukoil kompaniyasi O`zbekistonda Qandim gazni qayta ishlash majmuasi qurilishini boshladi.​

19 aprel kuni O`zbekistonning Buxoro viloyatida, Qandim gazni qayta ishlash kompleksi qurilishi boshlanishi munosabati bilan tantanali tamal toshi qo`yish marosimi bo`lib o`tdi.

Tantanali marosimda, O`zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoev va Rossiyaning Lukoil kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperov, Buxoro viloyati xokimi Muxiddin Esonov va boshqa vakillar ishtirok etdi.

Marosimda so`zga chiqqan Shavkat Mirziyoev, mazkur loyihaning yirik va istiqbolli loyiha hisoblanishini takidlab, O`zbekiston tomoni loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshishi uchun zimmasidagi barcha majburiyatlarni bajarishini malum qildi.

Mirziyoyev, Qandim gazni qayta ishlash majmuasi qurilishining boshlanishi bilan O`zbekistonda tabiiy gaz boyliklarini o`zlashtirishda yangi davr boshlanganligini aytar ekan, bu loyihaning foydalanishga topshirish bilan 2 mingdan ortiq yangi ish o`rinlari yaratilishini aytib o'tdi.

Lukoil kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperov o`z navbatida mazkur majmua kompaniyaning O`zbekistondagi eng yirik sarmoyaviy loyihasi ekanini ta`kidlab, unda eng zamonaviy texnologiyalar qo`llanilib, mehnat unumdorligi va muhofazasi ijobiy tarzda o`z echimini topishiga ishonch bildirdi.

jami qiymati 3,3 milliard dollarga baholanayotgan mazkur majmuaning 2018 yili foydalanishga topshirilishi rejalashtirilmoqda.

Majmua ishga tushgach, yiliga 8 milliard metrkub gaz qayta ishlanib, tabiiy gaz va oltingugurt xom ashyosi olinadi.

Loyiha doirasida, 114 ta burg`ilash uskunalari o`rnatiladi. 300 kilometrdan ortiq gaz quvuri yotqiziladi. Shuningdek, 1200 kishiga mo`ljallangan zamonaviy ishchilar qo`rg`oni barpo etiladi.


Tanlangan kalimalar: #Rus , #Lukoil , #O'zbekiston , #Qandim , #qaydan , #ishlab , #chiqaradi

Aloqador xabarlar