O`zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Turkiyaga tashrif buyurdi

Tashrifdan asosiy maqsad – Istanbulda bo`lib o`tayotgan Islom hamkorligi tashkilotining (IHT) XIII Sammitida ishtirok etish.

470198
O`zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Turkiyaga tashrif buyurdi

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi (parlamenti) Senati Raisi Nigmatulla Yuldashev 14-15 aprel kunlari Turkiyada bo'ladi.

Tashrifdan asosiy maqsad – Istanbulda bo`lib o`tayotgan Islom hamkorligi tashkilotining (IHT) XIII Sammitida ishtirok etish.

O`zbekiston Respublikasining yuqori martabali rasmiy vakili Istanbulga IHTda raislik faoliyatini boshlayotgan Turkiya hukumati taklifiga binoan keldi.

O`zbekiston IHTga 1996 yili a`zo bo`lgan. Joriy yilning 31 martida Oliy Majlis Senati Islom hamkorligi tashkilotining 2008 yili tasdiqlangan yangi tahrirdagi Nizomini ratifikatsiya qildi.

Shuni ham ta`kidlab o`tish lozimki, 2016 yilning kuzida O`zbekiston poytaxti Toshkent shahrida IHTga a`zo 56 davlat Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tadi.



Aloqador xabarlar