O'zbekiston hukumati “Oxus Gold” kompaniyasini xalqaro arbitraj sudida yutib chiqdi

UNCITRAL xalqaro arbitraj sudi “Oxus Gold” kompaniyasining O'zbekiston hukumatiga qarshi da'vosini ko`rib chiqdi.

468591
O'zbekiston hukumati “Oxus Gold” kompaniyasini xalqaro arbitraj sudida yutib chiqdi

O'zbekiston hukumati “Oxus Gold" kompaniyasini xalqaro arbitraj sudida yutib chiqdi.

UNCITRAL xalqaro arbitraj sudi “Oxus Gold" kompaniyasining (Buyuk Britaniya) O'zbekiston hukumatiga qarshi da'vosini ko`rib chiqdi.

“Oxus Gold" kompaniyasi O'zbekistonda o`z faoliyatini 1997 yili boshlab, “Amantaytau Goldfildz" va “Xandiza" loyihalarini amalga oshirishga kirishgan edi.

Mazkur korxona 2011 yilda O'zbekiston hukumatiga qarshi UNCITRAL xalqaro arbitraj sudiga ariza berib, Buyuk Britaniya va O'zbekiston o`rtasidagi sarmoyalarni himoya qilish bitimi o`zbek tomonidan buzilganini da`vo qilib chiqdi.

Arizada kompaniya O'zbekiston hukumatidan 1,3 milliard AQSh dollari miqdorida jarima undirilishini so`ragan.

Ko`p yillik sudlov jarayonidan so`ng 2015 yil 17 dekabrida UNCITRAL xalqaro arbitraj sudi ushbu korxonaning da`vosini 99% qismini rad etdi va O'zbekiston hukumati xatti-harakatlari butunlay qonuniy ekanligini tasdiqladi.

Xususan, “Oxus Goldning" “Xandiza" loyihasi doirasida ko`rilgan zararni qoplash haqidagi 780 million dollarlik da`vosi asossiz deb topildi va qanoatlantirilmadi.

Arbitraj natijasida sud “Xandiza" loyihasining amalga oshmay qolishida O'zbekiston hukumati emas, balki “Oxus Gold"| ko`proq aybdor degan hulosaga keldi. “Amantaytau Goldfildz" loyihasi borasida ham, kompaniyaning 550 million dollarlik da`vosi bekor qilindi. Bunga sabab korxona o`z da`vosini yetarlicha asoslab beruvchi isbot-dalillar keltira olmagani bo`ldi.

Sud O'zbekiston hukumatining “Amantaytau Goldfildz" loyihasini rivojlantirish dasturi va oltin ishlab chiqarishni ko'paytirishning samaradorligi pastligi tufayli tugatish to'g'risida qabul qilgan qarori asosli ekanligini tasdiqladi.

Jahon standartlari doirasida o`tkazilgan ushbu xalqaro arbitraj sudi natijalari O'zbekistonda faoliyat ko`rsatayotgan xorijiy korxonalar mamlakat qonunchiligiga to`la rioya qilishlari lozim ekanligini ko`rsatdi.

“Davlat bedarvoza emas", -degan o`zbek xalq maqolining naqadar to`g`riligi amalda yana bir bor o`z tasdig`ini topdi.



Aloqador xabarlar