Ozarbayjon-Armaniston chegarasidagi vaziyat xalqaro hamjamiyat nazarida...

Ozarbayjon-Armaniston chegarasida sodir bo'lgan notinchlik xalqaro hamjamiyatda ham tashvish uyg'otdi.

463489
Ozarbayjon-Armaniston chegarasidagi vaziyat xalqaro hamjamiyat nazarida...

Ozarbayjon-Armaniston chegarasida sodir bo'lgan notinchlik xalqaro hamjamiyatda ham tashvish uyg'otdi.

12 nafar ozarbayjon askarning halok bo'lishiga olib kelgan otishmalardan so'ng, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (AGIT) tomonlarni darhol otishmalarni to'xtatishga chaqirdi.

Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti va Germaniya Tashqi ishlar vaziri Frank-Valter Steinmeier Ozarbayjon-Armaniston chegarasidagi vaziyat bilan bog'liq yozma bayonot bedri.

Bayonotda: “Tomonlarni dushmanlarcha xatti-harakatni darhol to'xtatishga va sulh bitimiga to'la amal qilishga chaqiraman",-dedi.

Steinmeier: “Tomonlar Minsk guruhi doirasida yuritilgan muzokaralarni takror yo'lga qo'yib, siyosiy yo'llar bilan masalani hal qilishga majburdir",-dedi.

Yevropa kengashi ham vaziyatdan xavotirlanganini tilga oldi.

Yevropa Kengashi bosh kotibi Thorbjorn Jagland Ozarbayjon va Armaniston hukumatidan tinch aholi o'limlariga sabab bo'lishga va behuda qon to'kilishiga chek qo'yishini talab qildi.

Ozarbayjon va Armaniston Yevropa Kengashiga a'zo ekanini eslatgan Jagland tomonlarni Yevropa Inson huquqlari shartnomasi bilan kafolat ostiga olingan insonlarning yashash huquqini himoya qilishi va sulh bitimiga hurmat ko'rsatib, muzokaralarni qaytatdan yo'lga qo'yishini talab qildi.

Fransiya Prezidenti Francois Hollande 12 nafar Ozarbayjon askarining hayotiga zomin bo'lgan Tog'liq Qorabog'dagi to'qnashuvlardan chuqur iztirobda ekanini ma'lum qildi.

Hollande tomonlarni o'z meyorida harakat qilib, zudlik bilan sulh bitimini mustahkamlashtirishga chaqirdi.

Boltiq davlatlari Litva, Latviya va Estoniya Ozarbayjon-Armaniston chegarasidagi notinchlikdan xavotirda ekanini bildirib, tomonlarni darhol harbiy faoliyatlarga yakun yasashga va majburiyatlarga to'la amal qilishga chaqirdi.

Minsk guruhi rahbarlari mintaqadagi vaziyatni muhokama qilish maqsadida 5 aprel kuni Venada to'planadi.




Aloqador xabarlar