O`zbekiston va Rossiya tovar aylanmasini oshirish va transport sohasida hamkorligi...
O'tgan xaftada O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o`rinbosari, Moliya vaziri Rustam Azimov boshchiligidagi delegatsiya Rossiya Federatsiyasiga tashrif buyurdi.
O`zbekiston va Rossiya tovar aylanmasini oshirish va transport sohasida hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
O'tgan xaftada O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o`rinbosari, Moliya vaziri Rustam Azimov boshchiligidagi delegatsiya Rossiya Federatsiyasiga tashrif buyurdi.
O'zbekiston delegatsiyasining Moskvaga tashrifi doirasida O'zbekiston va Rossiya o`rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo`yicha o`n ettinchi Hukumatlararo komissiya yig`ilishi bo'lib o'tdi.
Bu haqda O`zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Yig`ilishda Rossiya delegatsiyasiga Hukumat raisi o`rinbosari Dmitriy Kozak, O'zbekiston delegatsiyasiga esa Rustam Azimov boshchilik qildi.
Yig`ilishda savdo-iqtisodiy hamkorlikning joriy holati va istiqbollari, ikki tomonlama tovar aylanmasi hajmini yanada oshirish bo`yicha takliflar, transport va tranzit sohalarida o`zaro hamkorlik, Markaziy Osiyo mintaqalarida suv-energetika sohalarida kelishilgan siyosat yuritish va boshqa masalalar ko'rib chiqildi.
Yig`ilishda shuningdek, 2014 yilda bo'lib o'tgan oliy darajadagi uchrashuvlar chog'ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bilan bog'liq masalalar xam muhokama qilindi.
Komissiya yig`ilishi natijalariga ko`ra erishilgan kelishuvlar bo'yicha Protokol imzolandi.
Tomonlar shuningdek, navbatdagi o`n sakkizinchi Komissiya yig`ilishini 2017 yil O`zbekiston Respublikasida o`tkazishga kelishib oldi.