Toshkentda O`zbekistonning milliy mahsulotlardan yasalgan eng katta xaritasi taqdim etildi.

6 mart kuni Toshkentdagi "Samarqand Darvoza" savdo - ko`ngilochar markazida taniqli oshpaz va restorator Bahriddin Chustiy milliy oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalangan holda O`zbekistonning eng katta xaritasini yaratdi.

448239

Salkam 100 kilogramga yaqin oziq - ovqat maxsulotlaridan tayyorlangan xaritaning uzunligi 6 metr, kengligi esa 3 metr bo`lib, uni tayyorlashda 20 dan ziyod milliy mahsulotlardan foydalanildi.

Har bir viloyatni, shuningdek, chegaralar va daryolarni aks ettirish uchun guruch, mayiz, holva, mosh, no'xot, somsa, novvot, sho'rdanak, xandon pista, o'rik qoqi, talqon, parvarda, chak - chak, bug'doy va boshqa shirinliklar qo'llanildi.

mzkur xarita Interrecord rekordlarni qayd qilish xalqaro agentligi tomonidan "milliy mahsulotlardan qilingan eng katta O`zbekiston xaritasi" deya ro`yxatga olinib, xaritani yaratgan oshpaz va restoratorlarga bu xaqda sertifikat taqdim qilindi.

O`zbekistonning milliy mahsulotlardan yasalgan eng katta xaritasi ko`ngilochar markaziga tashrif buyurganlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Mahuslot , #Xaritasi

Aloqador xabarlar