O'zbekiston va Ozarbayjon o`rtasida hamkorlik to`g`risidagi bitim kuchga kirdi.
O`zbekiston va Ozarbayjon favqulodda vaziyatlar vazirliklari o`rtasida hamkorlik to`g`risidagi bitim kuchga kirdi.
O`zbekiston va Ozarbayjon favqulodda vaziyatlar vazirliklari o`rtasida hamkorlik to`g`risidagi bitim kuchga kirdi.
Shu yilning 29 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati o`rtasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasida hamkorlik to`g`risida 2015 yil 19 mayida Toshkent shahrida imzolangan Bitim kuchga kirdi.
Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tomonlar orasida kuchga kirgan Bitim shartlariga ko`ra, O'zbekiston va Ozarbayjon tabiiy, texnogen va ekologik xususiyat kasb etuvchi favqulodda vaziyatlar oldini olish va bartaraf etish borasida o`zaro yordam ko`rsatish, monitoring qilish, tegishli davlat tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, ma`lumot almashinish, mutaxassislar tayyorlash orqali hamkorlikni amalga oshiradi.
Malumki, O`zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati o`rtasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasida hamkorlik to`g`risidagi bitim o'tgan yilning 19-mayda O`zbekiston va Ozarbayjon favqulodda vaziyatlar vazirlari tomonidan Toshkent shahrida imzolangan edi.