O`zbekiston va Qirg`iziston chegarachilari hamkorlik istiqbollar

O`zbekiston va Qirg`iziston chegarachilari hamkorlik istiqbollari.

403388
O`zbekiston va Qirg`iziston chegarachilari hamkorlik istiqbollar

O`zbekiston va Qirg`iziston chegarachilari hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi.
Andijon shahrida 4 dekabr, juma kuni O`zbekiston va Qirg`iziston chegara idoralarining navbatdagi qo`shma Harbiy Hay`ati bo`lib o`tdi.
Bu haqda O`zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo`mitasi matbuot xizmati ma`lum qildi.
Uchrashuvda tomonlarning chegara idoralari boshliqlari va bevosita O`zbekiston - Qirg`iziston davlat chegarasini qo`riqlashda qatnashayotgan chegara qo`shinlari komandirlari ishtirok etdi.
Tadbirda tomonlar O`zbekiston - Qirg`iziston davlat chegarasini qo`riqlash bo`yicha 2015 yilgi faoliyat yakunlarini sarhisob qildi, ikki tomonlama idoralararo hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo`nalishlarini belgilab oldi.
Bundan tashqari, uchrashuvda davlat chegarasini qo`riqlash sohasidagi muammoli dolzarb masalalar, chegara yaqinida joylashgan ob`ektlarning xavfsiz faoliyat yuritishini ta`minlash, shuningdek, O`zbekiston Qirg`iziston davlat chegarasida huquqbuzarliklarga qarshi kurash va ularning oldini olish masalalari ko`rib chiqildi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar