O`zbekistonda 40 ta bolalar musiqa va san`at maktablari quriladi

O`zbekistonda 40 ta bolalar musiqa va san`at maktablari quriladi.

357303
O`zbekistonda 40 ta bolalar musiqa va san`at maktablari quriladi

O`zbekistonda 2021 yilgacha 40 ta bolalar musiqa va san`at maktablari quriladi.
O`zbekistonda yaqin 5 yil ichida 40 ta yangi musiqa va san`at maktabi quriladi hamda 58 tasi ta`mirdan chiqarilib, modernizatsiya qilinadi.
Ushbu maktablarning faoliyatini takomillashtirish haqidagi Davlat dasturi Prezident Islom Karimov tomonidan tasdiqlandi.
Davlat rahbari qarorida ko`rsatilishicha, 2009-2014 yillar mobaynida respublika miqyosida 278 ta bolalar san`at va musiqa maktablari zamonaviy o`quv jihozlari bilan ta`minlangan holda foydalanishga topshirilgan.
San`at va musiqa maktablarining faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan yangi davlat dasturiga ko`ra, 2016 yilda 18 ta maktab qurilishi va modernizatsiya qilinishi ishlari olib boriladi. Keyingi 4 yilda esa 20 tadan maktab shu dastur doirasida qurilishi va zamonaviylashtirilishi ko`zda tutilgan.
15 ming ta`lim oluvchi uchun mo`ljallangan yangi va rekonstruktsiya qilingan maktablar yangi o`quv jihozlari va anjomlar, musiqa asboblari, kompyuter va boshqa texnikalar bilan ta`minlanadi.
Yangi Davlat dasturi ijrosini muvofiqlashtirish uchun bosh vazir Shavkat Mirziyoev boshchiligida respublika komissiyasi tashkil etildi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar