O`zbekistonda 1400 kilogram giyohvand moddalar yoqib yuborildi

O`zbekistonda 1400 kilogram giyohvand moddalar yoqib yuborildi

326043
O`zbekistonda 1400 kilogram giyohvand moddalar yoqib yuborildi

O`zbekistonda 1400 kilogram giyohvand moddalar yoqib yuborildi
O`zbekiston milliy xavfsizlik xizmati hukumat topshirig`iga binoan narkobiznesga qarshi kurash chog`ida qo`lga tushirilgan 1400 kilogram giyohvand moddalarni yoqib yubordi.
Giyohvand moddalar Toshkentdagi zavodlardan birining pechlarida giyohvand moddalar nazorati bo`yicha komissiya, Birlashgan Millatlar Tashkilotining giyohvandlik va jinoyatchilik bo`yicha boshqarmasi va ommaviy axborot vositalari vakillari guvohligida yoqib yuborildi.
Yoqib yuborilgan moddalarning 133,3 kilogramini geroin, 775 kilogramini afyun, 93,2 kilogramini gashish, 309 kilogramini marixuana, 84 kilogramini ko`knor va boshqa moddalar tashkil qildi.
Ma'lumki, birinchi marta bunday aktsiya O`zbekistonda 1994 yili o`tkazilgan bo'lib, o`shanda 14 tonna giyohvand moddalar yoqib yuborilgan edi.
Shu kunga qadar O'zbekistonda yoqib yuborilgan giyohvand moddalarning umumiy hajmi 54 tonnani tashkil qiladi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar