KOSGEB delegatsiyasi O`zbekistonga tashrif buyurdi.

KOSGEB delegatsiyasi O`zbekistonga tashrif buyurdi.

KOSGEB delegatsiyasi O`zbekistonga tashrif buyurdi.

KOSGEB delegatsiyasi O`zbekistonga tashrif buyurdi.
Turkiya Respublikasi Kichik va o`rta biznesni rivojlantirish va qo`llab-quvvatlash tashkiloti (KOSGEB) delegatsiyasi 2015 yil 8 – 12 mart kunlari amaliy tashrif bilan O`zbekiston Respublikasida bo`ldi.
Bu haqda Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasi Matbuot Xizmati xabar berdi.
Delegatsiya a`zolari tashrif dasturi doirasida O`zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “O`zbekengilsanoat” davlat aktsiyadorlik kompaniyasi va Turin politexnika universiteti texnoparkida uchrashuv va muzokaralar o`tkazadi. KOSGEB delegatsiyasi shuningdek O`zbekiston-Turkiya ishbilarmonlari uyushmasiga (UTİD) ham tashrif buyurdi.
Uchrashuv va muzokaralarda o`zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi va kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Delegatsiya a`zolari Samarqandga ham tashrif buyurib, shaharning diqqatga sazovor joylarini ko`zdan kechirishdi.
Delegatsiyaga o`zaro uchrashuv va muzokaralarda Turkiya Respublikasining O`zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Namik Guner Erpul hamrohlik qildi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar