Avstriyada, Xo’jali qatliomi yodga olindi

Armaniston askarlari 1992-yilning 26-fevrali kuni, Qorabog’ urushi chog’ida, Ozarbayjon xalqi yashovchi Tog’lik Qorabog’ mintaqasiga bostirib kirib, 613 nafar tinch fuqaroni jumladan ayollar bilan bolalarni o’ldirgan edi.

227798
Avstriyada, Xo’jali qatliomi yodga olindi

Juma kuni Avstriya poytaxti Venada Xo’jali qatliomi haqida panel o’tkazildi. Ushbu panelda ham norozichilik namoyishi uyushtirildi.

Venada yig’ilgan va qariyb 200 kishidan tashkil topgan bir guruh, 1992-yili Armaniston askarlari tomonidan amalga oshirilgan Xo’jali qatliomiga norozichilik ko’rsatdilar.

Ushbu guruhdagi kishilarning qo’lida Ozarbayjon va Avstriya bayroqlari hilpirar ekan, “Xo’jali uchun adolat” deb yozilgan plakatlar ham ochildi.

Guruhning ushbu namoyishi Avstriya Parlamenti qoshida o’z nihoyasiga yetdi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar