Ozarbayjonda 21-Xalqaro neft va tabiiy gaz ko’rgazmasi ochildi

Baku Expo Centerda o’tkazilgan ko’rgazmaga Turkiyadan gavjum delegatsiya qatnashdi.

81510
Ozarbayjonda 21-Xalqaro neft va tabiiy gaz ko’rgazmasi ochildi

21-Xalqaro Kaspiy dengizi neft va tabiiy gaz ko’rgazmasi boshlandi.
Mazkur ko’rgazmaning ochilishiga Ozarbayjon Prezidenti İlhom Aliyev tashrif buyurdi.
Ko’rgazmaga 29 davlatdan jami 402 shirkat qatnashdi.
Ozarbayjonda mavjud bo’lgan tabiiy gaz zahiralariga to’xtalgan Prezident İlhom Aliyev, Ozarbayjon tabiiy gazi nafaqat Ozarbayjonga, balki hamkorlik qilgan butun davlatlarga yetishini tilga oldi.
Trans Anadolu loyihasining ahamiyatiga to’xtalgan Aliyev, yaqinda Ozarbayjon Yevropaning tabiiy gaz xavfsizligini ta’minlashini bildirdi.
Turkiyaning TANAPdagi hissasi 30%ga chiqishini aytib o’tgan Ozarbayjon Davlat neft shirkati rahbari Revnek Abdullayev “Bundan baxtiyormiz”-dedi.
Ko’rgazmaga Turkiyadan gavjum delegatsiya qatnashdi.
Baku Expo Centerda o’tkazilgan ko’rgazma 4 kun davom etadi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar