Tarixda bugun 24.12.2020

Turkiya va dunyo tarixida 24 - dekabr kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to‘plami.

1551157
Tarixda bugun 24.12.2020

1865 - yilning 24 - dekabri kuni AQShdagi ichki urush ortidan qulchilikni qo‘llab - quvvatlagan Konfederatsiya armiyasining ofitserlari Tennessi shtatidagi Pulaski shahrida “Ku Klux Klan” deb nomlangan ijtimoiy klub tashkil etdi. Mazkur klub ko‘p o‘tmay AQShdagi irqchilikning markaziga aylandi.  

   

1963 - yilning 24 - dekabri kuni Kiprdagi qurolli greklar “Qonli Noel” hujumlari chog‘ida Nikosiyada xizmat qilayotgan mingboshi Nihat Ilhan oilasini ham nishonga oldi. Ilhanning rafiqasi Muruvet Ilhan va farzandlari Murat, Kutsi va Hakan grek terroristlar tomonidan uyushtirilgan hujumda uylaridagi hommomning vannasida o‘ldirildi.

 

1979 - yilning 24 - dekabri kuni sobiq Sovet ittifoqining Afg‘onistonni bosib olish harakatlari boshladi. Mujohidlarning 10 yil davom etgan kurashi natijasida Sovet askarlari 1989 - yili Afg‘onistondan chiqib ketishga majbur bo‘ldi.

 



Aloqador xabarlar