Tarixda bugun 21.12.2020

Tarixda sodir bo'lgan muhim voqealar...

1548748
Tarixda bugun 21.12.2020

 

1963 yil 21 dekabr… Qurolli yunonlar Kiprda turklarga qarshi “Qonli Noel” hujumlarini boshladi. 1 yanvargacha davom etgan hujumlar oqibatida kiprlik 364 nafar turk halok bo’ldi.

 

1988 yil 21 dekabr… London-Nyu-York reysini amalga oshirgan Amerika yo’lovchi samolyoti Shotlandiyaning Locherbie shaharchasi samolarida portladi. Fojiada 21 davlatdan jami 270 yo’lovchi halok bo’ldi. Uzoq yillar davom etgan tergov natijasida, samolyotga Liviya razvedkasi tomonidan bomba joylashtirilgani aniqlandi. Liviya hukumati bombani joylashtirgan liviyalik injiner va razvedka ofitserini Buyuk Britaniyaga topshirdi. Qaddofiy ushbu voqeada Liviya aybdor ekanligini tan oldi, biroq shaxsan voqeaga aloqador emasligini ma’lum qildi. Liviya hukumati qurbonlarning oilalariga milliardlab dollar tovon puli to’ladi.

 

2017 yil 21 dekabr… Turkiyaning tashabbusi bilan tayyorlangan Al-Quds bo’yicha qaror taklifi BMT Bosh Assambleyasida AQShning barcha qarshiligiga qaramay 128 ovoz bilan qabul qilindi. BMT ushbu qaror bilan AQSh prezidenti Trampning “Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan olish to’g’risidagi qarori” xalqaro huquqqa zid ekanligini tasdiqladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Tarixda bugun

Aloqador xabarlar