Tarixda bugun 28.11.2020
Turkiya va dunyo tarixida 28 - noyabr kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to‘plami.
1938 – yilning 28 – noyabri kuni 10 – noyabrda vafot etgan Turkiyaning asoschisi va birinchi prezidenti Mustafa Kemal Ataturkning shaxsiy vasiyatnomasi ochildi. Ataturk unda yaqinlariga, Turk tili va Turk tarixi tashkilotiga moddiy jihatdan yordam berishi sharti bilan barcha boyligini Jumhuriyat Xalq partiyasiga qoldirgani ma’lum bo‘ldi.
1943 – yilning 28 – noyabri kuni AQSh Prezidenti Roosevelt, Britaniya Bosh vaziri Churchill va Sovet ittifoqi lideri Stalin Eron poytaxti Tehronda sammit o‘tkazdi. Uch kun davom etgan sammitda, Ikkinchi Jahon urushidan keyin ittifoqchilar o‘rtasida paydo bo‘lgan farqli ko‘z qarashlar yaqqol namoyon bo‘ldi.
1979 – yilning 28 – noyabri kuni papa Jon Pol II Turkiyaga tashrif buyurdi. Ayni vaqtda Vatikan Davlat rahbari bo‘lgan papa Jon Pol II Anqaraga kelish orqali Turkiya poytaxtiga tashrif buyurgan birinchi papaga aylandi. Yigirma yeti yil ortidan huddi shu kuni papa Benedikt ham Prezident Ahmet Nejdet Sezerning rasmiy mehmoni sifatida Turkiyaga keldi.
2002 – yilning 28 – noyabri kuni turk she’riyatining buyuk ustasi, “Garip” oqimining yetakchilaridan Melih Andey, 87 yoshida Istanbulda vafot etdi.
Aloqador xabarlar
Tarixda bugun 31.12.2020
Turkiya va dunyo tarixida 31 - dekabr kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to‘plami.
Tarixda bugun 30.12.2020
Turkiya va dunyo tarixida 30 - dekabr kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to‘plami.