Tarixda bugun 31.10.2020

Turkiya va dunyo tarixida 31 - oktabr kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1519239
Tarixda bugun 31.10.2020

1517 – yilning 31 – oktabri kuni Martin Lyuter o‘zining tezislarini Vittenbergdagi cherkov eshigiga osib, Vatikan hokimiyatiga qarshi chiqdi va protestantizmni e’lon qildi.

 

1831 – yilning 31 – oktabri kuni O‘smoniy imperatorligi chegarasida birinchi turk tilidagi gazeta “Takvim – i Vekayi” chop etila boshladi. “Takvim – i Vekayi” keyinchalik, rasmiy e’lonlarning o‘rin olishi munosabati bilan O‘smoniy davlatining rasmiy gazetasiga aylandi. 

 

1956 – yilning 31 – oktabri kuni Misr davlat rahbari Nosir tomonidan davlatlashtirish orqali kema o‘tishlariga bekitilgan “Suvaysh” kanali, Misr bilan Britaniya va Fransiya o‘rtasida inqirozga yo‘l ochdi. Britaniya va Fransiya kanalning takror ochilishi uchun Misrga havodan hujum uyushtirdi. 

 

1984 – yilning 31 – oktabri kuni Hindistonning birinchi va yagona ayol Bosh vaziri Indira Gandi ikki nafar sih millatiga mansub qo‘riqchisi tomonidan o‘ldirildi. Suiqasddan so‘ng, hindular sih millatiga mansub aholiga hujum qila boshladi. Kelib chiqqan voqealarda 2000 sih aholi halok bo‘ldi. 



Aloqador xabarlar