Tarixda bugun 18.09.2020

Turkiya va dunyo tarixida 18 - sentabr kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1493204
Tarixda bugun 18.09.2020

1956 – yilning 18 – sentabri kuni Efesda 1926 – yildan beri davom etgan arxeologik qazilmalarda, dovrug‘i butun dunyoga ketgan Artemida haykali topildi. Grek mifologiyasidagi Artemida ma’budasidan farqli xususiyatlarga ega bo‘lgan Efes Artemidasi, tabiat ma’budasi sifatida unumdorlik va barakaning ramzidir. Qadimiy Efes shahridagi “Artemida ibodatxonasi” ham dunyoning 7 mo‘’jizasidan biridir.

2002 – yilning 18 – sentabri kuni Boku – Tbilisi – Jeyhun neft quvir liniyasining tamal toshi Turkiya Respublikasi Prezidenti Ahmet Nejdet Sezer, Ozarbayjon Prezidenti Aliyev va Gruziya Davlat rahbari Shevardnadze tomonidan qo‘yildi. 1768 kilometr uzunligidagi neft quvir liniyasining birinchi yetkazib berish faoliyati esa 2006 – yili amalga oshirildi. 

2005 – yilning 18 – sentabri kuni Sovet ittifoqining bosib olishi va o‘lkada kelib chiqqan ichki urush yuzasidan uzoq muddatga siyosiy barqarorsizlikka duch kelgan Afg‘onistonda 36 yil ortidan parlament saylovi bo‘lib o‘tdi. 

 



Aloqador xabarlar