Tarixda bugun 14.09.2020

Turkiya va dunyo tarixida 14 - sentabr kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1489878
Tarixda bugun 14.09.2020

1812 – yilning 14 – sentabri kuni Fransiya imperatori Napolyon Bonapart va armiyasi Moskvani bosib oldi lekin rus qo‘mondonlar shaharni tark etar ekan uni yer bilan yakson qildi. Oqibatida shaharda kelib chiqqan va bir necha kun davom etgan yong‘in ortidan ruslarning to‘xtamay uyushtirgan hujumlari va qish mavsumi tufayli armiyasida katta yo‘qotishlarga duch kelgan Napolyon, 1 oydan keyin Moskvadan chiqib ketishga majbur bo’ldi.

1960 – yilning 14 – sentabri kuni Iroq, Eron, Quvayt, Saudiya Arabistoni va Venesuela “Neft eksport qiladigan mamlakatlar guruhi” OPECga asos soldi. Bugungi kunda uning tarkibida 14 ta davlat bor ve tashkilot dunyodagi neftning qariyb yarmini ishlab chiqaradi.

1982 – yilning 14 – sentabri kuni amerikalik aktrisa va Monako malikasi Grace Kelly, avtohalok natijasida, 53 yoshida vafot etdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Napolyon Bonapart , #OPEC , #Grace Kelly

Aloqador xabarlar