Tarixda bugun 31.08.2020

Turkiya va dunyo tarixida 31 - avgust kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1482151
Tarixda bugun 31.08.2020

1876 – yilning 31 – avgusti kuni O‘smonli sultoni Murod V taxtdan tushirildi va uning o‘rniga ukasi Abdulhamid II podishoh bo‘ldi. Abdulhamid II, O‘smonli imperatorligining 34 – podishohi sifatida 1909 – yilgacha hukmronlik qildi. 

1991 – yilning 31 – avgusti kuni Qirg‘iziston Sovet ittifoqining tarqashi ortidan o‘z mustaqilligini e’lon qildi.

 

1997 – yilning 31 – avgusti kuni malika Diana va uning qallig‘i Dodi al - Fayod Parijda avtohalokatda vafot etdi.

2005 – yilning 31 – avgusti kuni Iroq poytaxti Bog‘doddagi bir ko‘prikda yuz bergan tiqilinch oqibatida mingdan ortiq kishi vafot etdi.



Aloqador xabarlar