Tarixda bugun 10.08.2020

Tarixda sodir bo'lgan muhim voqealar...

1469839
Tarixda bugun 10.08.2020

                         

1792 yil 10 avgust… Fransiyada qirollik rejimiga chek qo’yildi. Qirol 16-Louis yangi boshqaruv tomonidan qo’lga olindi. Xalq Tuileries saroyini talon-taroj qildi.

 

1914 yil 10 avgust… O’rta Yer dengizidagi ingliz dengiz flotidan qochgan “Goben” va “Breslau” nomli ikki nemis harbiy kemasi Usmoniy imperiyasiga sig’indi. Sotib olinganligi e’lon qilingan harbiy kemalarga “Yovuz” va “Midilli” deb nom berildi. Ushbu harbiy kemalar keyinchalik Qora dengizda rus portlarini bombardimon qilishi oqibatida Chor Rossiya Usmoniy imperiyasiga qarshi urush e’lon qildi.

 

1920 yil 10 avgust… 1-Jahon urushi tugashi ortidan, Usmoniy imperiyasining tarqalishini nazarda tutgan Sevr bitimi imzolandi. Ushbu bitim asosida Anadoluda kichik hudud turk hukmronligiga berildi.

 

2014 yil 10 avgust… Turkiya Respublikasi tarixida birinchi bor saylovchilar to’g’ridan prezidentni sayladi. Turkiya Respublikasining 12-prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an bo’ldi.

 


Tanlangan kalimalar: #Tarixda bugun

Aloqador xabarlar