Tarixda bugun 25.07.2020

Turkiya va dunyo tarixida 25 - iyul kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1461607
Tarixda bugun 25.07.2020

1518 – yilning 25 - iyuli kuni O’smonli podishohi Yovuz Sulton Salim otlangan Misr safaridan roppa – rosa ikki yilu ikki oy o’tib poytaxt Istanbulga qaytdi. O’smoniy tarixining eng uzuq davom etgan safari hisoblangan Misr safari natijasida, imperatorlikning chegaralari ikki barobardan ko’p kengaygan.

1967 – yilning 25 – iyuli kuni Papa Paulas VI, noqonuiny ziyorat uchun Turkiyaga keldi. Prezident Jevdet Sunay va Bosh vazir Sulaymon Demirel tomonidan kutib olingan papaning, Istanbuldagi tarixiy shaharchalardan biri Fenerda joylashgan grek patriarxi Athenegorasni ziyorat qilishi, 913 yildan beri davom etgan katolik va pravoslav cherkovlari orasidagi xafagarchilikni bartaraf qildi. 

1975 – yilning 25 – iyuli kuni Turkiya, Injirlikdan boshqa Amerika bazalarining hammasini nazorati ostiga oldi. Bu qaror, AQSh yetakchiligining Kipr tinchlik harakatiga qarshi Turkiyaga qurol va kredit sanksiyasiga javob tariqasida olindi. Turkiya, AQShning 6 – oktabrda skansiyalarni bekor qilishi ortidan takror foydalanishga topshirdi. 

2016 – yilning 25 – iyuli kuni O’smoniy – Turk tarixi ustidan olib borgan tadqiqot ishlari bilan butun dunyoga tanilgan professor doktor Halil Inaljik, 100 yoshida vafot etdi. Asarlari dunyonnig bir necha tiliga tarjima qilingan Inaljik, “Tarixchilar qutbi” degan nom bilan yodga olina boshladi.



Aloqador xabarlar