Tarixda bugun 14. 03. 2020

Turkiya va dunyo tarixida 14 - mart kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1377891
Tarixda bugun 14. 03. 2020

1827-yilning 14-marti kuni O‘smoniy podishohi Mahmud II ning buyrug‘i bilan Turkiyada zamonaviy tibbiy ta’lim tizimi kuchga kirdi. Shu munosabatda Istanbulning Shahzodaboshi (Şehzadebaşı) shaharchasida birinchi “Jarrohxona” ochildi. Istanbulning Birinchi Jahon urushi ortidan bosib olinishiga qarshi Tibbiyot fakulteti talabalarining o‘quv markazlariga asos solingan 14 – mart kuni norozichilik namoyishi uyushtirishi ortidan Turkiyada 14 – mart “Tibbiyot xodimlari bayrami” deb nishonlana boshladi.

                   

1883-yilning 14-mart kuni “Ilmiy sotsializm” mafkurasining asoschisi nemis olim Karl Marks, 65 yoshida Londonda vafot etdi.  

                  

1919-yilning 14-marti kuni yunon armiyasining Izmirni bosib olish rejasi Britaniya Bosh vaziri Lloyd Jorj, Fransiya Bosh vaziri Klemanso, Italiya Bosh vaziri Orlando va AQSh Bosh vaziri Vudro Vilson tomonidan tasdiqlandi.

                 

2018-yilning 14-mart kuni “Katta portlash nazariyasi”, “Qora teshikchalar” va “Kvant mexanikasi” kabi faoliyatlari orqali dunyoning eng mashhur olimlaridan biri bo‘lgan Stiven Xoking 76 yoshida vafot etdi. ALS (lateral amiotrofik skleroz) kasalligi tufayli gapirish qobiliyatini yo‘qotishiga qaramay ilmiy izlanishlarini davom etgan Xokingning kitoblari dunyoning 40 ta tilida chop etildi.  

                  



Aloqador xabarlar