Tarixda bugun 04. 02. 2020

Turkiya va dunyo tarixida 4-fevral kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1353234
Tarixda bugun 04. 02. 2020

1871-yilning 4-fevrali kuni Shimoliy Kavkaz xalqlarining siyosiy va diniy lideri Shayx Shomil, haj ziyorati uchun Makkaga ketayotganda Madinada vafot etdi. Shayx Shomil umrining yirik qismida Kavkazning mustaqilligi uchun ruslarga qarshi kurash olib bordi.   

                  

1923-yilning 4-fevrali kuni 1922-yilning 20-noyabri kuni boshlagan Lozanna tinchlik shartnomasi haqidagi muzokaralar O’smoniy davlatining qarzlari, kapitulyatsiya, ozchiliklar, Istanbul va Chanoqqal’a bo’g’ozlarining yetakchiligi, turk-yunon chegarasi va Mosul muammosi tufayli vaqtinchalik to’xtab qoldi. Ismet Ino’nu bosh bo’lish bilan birga turk hay’ati Anqaraga qaytish haqida qaror qabul qildi. Muzokaraning ikkinchi bosqichi 23-aprelda boshladi.

                   

1945-yilning 4-fevrali kuni Ikkinchi Jahon urushi ortidan dunyoni qayta tartibga keltirish maqsadida AQSh, Rossiya va Britaniya yetakchilari Yaltada uchrashuv o’tkazdi. Unda 1-martgacha Germaniya va Yaponiyaga urush e’lon qilgan davlatlarning Birlashgan Millatlar Tashkilotiga asos soluvchi a’zo davlat bo’la olish masalalari qo’lga olindi.

                  

2018-yilning 4-fevrali kuni Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Jelal Bayarning 1959-yildagi tashrifi ortidan birinchi marotaba amaliy tashrif bilan Vatikanda bo’ldi.

                  

 



Aloqador xabarlar