Tarixda bugun 02.02.2020

Turkiya va dunyo tarixida 2-fevral kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1350768
Tarixda bugun 02.02.2020

1922-yilning 2-fevrali kuni 4 yil davomida gazetalardan birida ketma-ket nashr etilgan Jeyms Joysning dunyoga mashhur asari “Ulysses” muallifning tug'ilgan kunida kitob sifatida nashr etilgan. 

                 

1982-yilning 2-fevrali kuni Suriyada “Xama qirg’ini” yuz berdi. To’ntarish orqali yetakchilikni qo’lga kiritgan Hofiz Asadga qarshi Xama shahrida isyon ko’tarildi. Uni bostirish uchun Suriya armiyasini yuborgan Hofiz Asad, shaharni bir necha kungacha bombalash haqida buyruq berdi. Bombardimon ortidan tanklar orqali shaharga kirgan Suriya armiyasi vayron bo’lgan binolar ichiga yashirinib olganlarni chiqarish uchun zaharli gazdan foydalandi. Xalqaro amnistiya tashkiloti Xama qirg’inida kamida 10 ming eng ko’p 25 ming kishining jon berganligini qayd etar ekan norasmiy kuzatuvchilar bu raqamning 40 mingga chiqqanligini aniqladi.     

                  

1990-yilning 2-fevrali kuni Janubiy Afrika Davlat rahbari De Klerk Afrika Milliy Kongressiga qo’yilgan 30 yillik ta’qiqni bekor qildi. U iloji boricha tezroq siyosiy mahbuslarni, shu qatorda Nelson Mandelani ozod qilishlarini e'lon qildi. 

                  

 

 


Tanlangan kalimalar: #Ulysses , #Xama qirg’ini , #De Klerk

Aloqador xabarlar