Tarixda bugun 14.01.2020

Turkiya va dunyo tarixida 14-yanvar kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1340035
Tarixda bugun 14.01.2020

1938-yilning 14-yanvari kuni Turkiya, Eron, Iroq va Afg’oniston o’rtasida 1937-yilning 8-iyuli kuni qo’l qo’yilgan Sadabat pakti TBMM tomonidan tasdiqlandi. Sadabat pakti shartnomaga qo’l qo’ygan boshqa davlatlarning ham tasdiqlashi ortidan 1938-yilning 25-iyuni kuni kuchga kirdi.

                   
1943-yilning 14-yanvari kuni IkkinchiJahon urushida ittifoqdosh kuchlar Kasablanka konferentsiyasida uchrashdilar.Franklin Roosevelt, Winston Churchill va Charles De Gaulle Sitsilyaga qo’shin tushirishda kelishib oldilar. Ittifoqdoshlar Turkiyaning ham urushda ishtirok etishi uchun diplomatik bosimni orttirish haqida qaror qabul qildi.

                   

2011-yilning 14-yanvari kuni Tunisda bir kishining o’ziga-o’zi o’t qo’yib yuborishi ortidan boshlagan qo'zg'olon natijasida Davlat rahbari Zeynal Abidin bin Ali o’z yurtidan qochib Saudiya Arabistonidan boshpana so’radi. Tunisda boshlagan xalq qo'zg'oloni “Arab bahori” ning ham boshlanishi hisoblanadi. O'z yurtida sirtdan sud qilingan va umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan Zeynal Abidin bin Ali, 2019-yilning 19-sentabri kuni Jiddada vafot etdi.                                                                                  



Aloqador xabarlar