Tarixda bugun 02.01.2020

Turkiya va dunyo tarixida 2-yanvar kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1333465
Tarixda bugun 02.01.2020

1951-yilning 2-yanvarida Turkiya, asos soluvchilari ro’yhatida o’rin olgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik kengashiga vaqtinchalik a’zo bo’ldi. 1954-1961 yillarda ham Xavsizlik kengashiga vaqtinchalik a’zo bo’lgan Turkiya saylovda eng ko’p ovoz olish jihatidan rekord o’rnatgan holda 2009-2010-yillarni o’z ichiga olgan davrda ham o’z vazifasini davom ettirdi.

                

 

1975-yilning 2-yanvari kuni Turkiya Milliy teleradiokompaniyasi qoshidagi Turkiya radiolari o’z ishini TRT 1, TRT 2 va TRT 3 nomi ostida uch boshqa kanal orqali davom ettira boshladi.

                

                       

1971-yilning 2-yanvari kuni Futbol tarixida “Ibrox fojiasi” degan nom bilan qayd etilgan voqea Shotlandiyaning qadimiy ikki klubi Glasgow Rangers va Celtic o’rtasida yuz berdi. Musobaqa ortidan jonkuyarlar o’rtasida kelib chiqqan vahima va tiqilinch yuzasidan 66 kishi jon berdi. Jon berganlardan tashqari 200 dan ortiq kishi tan jarohati oldi.  

                

2016-yilning 2-yanvarida Eron bilan Saudiya Arabistoni yana bir bor “O’lim jazosi” inqirozi yuzasidan bir-biriga teskari bo’ldi. Saudiya Arabistoni fuqarosi 57 yoshidagi shia ulamosi Nimr Bakr an-Nimrning Riyod yetakchiligi tomonidan terror jinoyatida ayblanib, o’lim jazosiga tortilishi ortidan Eronning bir necha shahrida Saudiya Arabistoni yetakchiligiga qarshi namoyishlar uyushtirildi. Tehrondagi Saudiya Arabistoni elchixonasiga namoyishchilar tomonidan o’t qo’yib yuborildi.

                

 

 

 

 



Aloqador xabarlar