Tarixda bugun 05.12.2019

Turkiya va dunyo tarixida 5-dekabr kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1318133
Tarixda bugun 05.12.2019

1791-yilning 5-dekabri kuni Avstriyalik bastakor Wolfgang Amadeus Motsart Vena shahrida vafot etdi. Mozart o'zining 35 yillik hayotida 626 ta asar yaratdi. Uning asarlari simfoniyalardan operaga qadar mumtoz musiqaning ko'plab sohalari o’z aksini topdi.  

***

1901-yilning 5-dekabri kuni dunyodagi eng mashhur multfilm qahramonlarini yaratgan prodyuser va rejissyor Walt Dısney AQShning Chikago shahrida dunyoga keldi.  

***

1934-yilning 5-dekabri kuni Turkiyada ayollarga saylash va saylanish huquqi bergan qonun TBMMda qabul qilindi. Unga ko’ra 22 yoshidan o’tgan ayollarga ovoz berish huquqi berilar ekan 30 yoshidan o’tgan ayollarga esa deputat bo’lib saylanish huquqi berildi. 1935-yilning 8-fevrali kuni bo’lib o’tgan umumiy saylovda 18 nafar ayol deputat deb saylanib TBMMda kirdi.

***

1951-yilning 5-dekabri kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti tarkibida Xalqaro Migratsiya tashkilotiga asos solindi. Tashkilot muhojirlarning boshqa davlatga joylashtirilishi, ixtiyoriy ravishda o’z yurtiga qaytishiga yordam bersih, ularning sog’ligi, pul yuborish va migratsiyaning qonuniy tekshirilishning qo'llab-quvvatlanishi kabi sohalarda faoliyat ko’rsatmoqda.  

***

2013-yilning 5-dekabri kuni irqchilikka qarshi kurashning ramziga aylangan janubiy afrikalik birinchi siyosiy davlat rahbari Nelson Mandela vafot etdi.

***

2016-yilning 5-dekabri kuni Turkiyaning kosmosdagi GÖKTÜRK-1 sun’iy yo’ldoshi Fransuz Gvianasidan uloqtirildi.

 

 



Aloqador xabarlar